Onlayn toʻlovlar-naqt pul ishlatmasdan internetda yoki mobil ilova orqali mahsulotlar yoki xizmatlar uchun toʻlovlarni amalga oshirish imkonini beradi. Bu operatsiyalar bank kartalari yoki hisob varaqlarini veb-saytga ulangan holda amalga oshirishdir.
Inernet orqali toʻlanishi mumkin boʻlgan mahsulotlar soni doimiy ravishda ortib bormoqda. Uyadan chiqmasdan mobil aloqa, kabel televideniyasi, internet, komunal xizmatlar, soliqlar va jarimalar uchun toʻlasa boʻladi.
Onlayn toʻlovlar tizimida foydalanishning juda koʻp qulayliklari mavjud ammo tanganing ikki tomoni bor .Onlayn toʻlovlar tizimida ham ayrim davrlarda juda koʻplab tushinmovchiliklar mavjud boʻlib qoladi. Masalan bank kartalariga mablagʻ yuborishda arzimagan bitta raqamni notoʻgʻri kiritish katta muammolarga olib kelishi mumkin. Shu jumladan hozirda yurtimizda onlayn savdo jadal rivojlanmoqda. Bunday holatlarda toʻlovlar toʻlashdan oldin hamma detalga etibor berish kerak, masalan maxsulot yoki tovarning sifatiga, sotuvchi talabgorga yaxshi mahsulotlar taklif etishiga va ular qanchalik ishonchli ekanligiga etibor berish kerak.
Internet tarmogʻidan xavfsiz foydalanish usullari
1 Koʻrinishidan soxtaga oʻxshovchi saytlarga kirmang. Agar internetdan koʻp foydalasangiz haddan tashqari koʻp reklama koʻrsatiladigan, juda koʻp imloviy va grammatik xatolarga yoʻl qoʻyilgan yoki soxtaligi sezilib turgan veb-manzillarni koʻrsatib qoʻygan saytlardan foydalanmang va malumotlar yuklab olmang.
Bunday saytlardan foydalanish kompyuterga virus tushishi va ishdan chiqarishi mumkin.
2 Tez-tez brauzerni tozalab turing. Cookie-fayldan foydalanib xakerlar shaxsiy malumotlaringizni oʻgʻirlashi mumkin.
Cookie-fayllardagi shahsiy malumotlarni oʻchirib yuborish uchun har oyda bir marotaba brauzer qidiruvini tozalab turing.
3 Onlayn xaridlarni faqat shifrlangan saytlardan amalga oshiring. Internetdan biron bir narsa sotib olayotganda yoki onlayn bank hisobingizga kirayotganda siz tashrif buyirayorgan sayt URL ,http emas balki https bilan boshlanayotganiga etibor bering. S harfi sayt ishonchli ekani hamda malumotlaringiz shirflanishi va oʻgʻirlanmasligini koʻrsatib turadi.