III BOB.
INTERNETDA ISHLASH ASOSLARI VA ELEKTRON POCHTA
94
20
-dars.
ELEKTRON POCHTA QUTISINI YARATISH
Internetning bu darajada ommalashuviga sabab – nafaqat uning ma’lumotlarga boyligi, balki u
orqali xabar almashish, muloqot qilishning oson va qulayligidir. Xabar almashishning eng tezkor
usullaridan biri – elektron pochta xizmatining paydo bo‘lishi Internetdan
foydalanuvchilar sonini
keskin oshirdi. Biror xabar kimgadir oddiy pochta orqali bir necha kunda yetib borsa, elektron
pochta orqali dunyoning istalgan nuqtasiga bir necha minutlarda yetib borishi mumkin.
Elektron pochta
– elektron pochta qutilari yordamida xabar (elektron xatlar)
almashish uchun
mo‘ljallangan Internet xizmati.
Elektron pochta xizmati quyidagi imkoniyatlarni
taqdim etadi:
• xabarlarni tezkor almashish (bir necha minut);
• xabarlarga qo‘shimcha ma’lumotlarni ilova
qilish;
• xabarlarga rasm va multimedia ma’lumotlarini
joylashtirish.
Elektron xatlarni qabul qilish va jo‘natish uchun
qabul qiluvchi va jo‘natuvchi o‘z
shaxsiy elektron
pochta manziliga ega bo‘lishi lozim.
Har bir elektron pochta manzili unikaldir. Agar
ikki foydalanuvchining elektron pochta manzillari
bir xil bo‘lsa, u holda ular bir-birlarining elektron
pochta manzillariga kelgan xabarlarni o‘qiy olar
edi. Shu sababli, dunyoda
ikkita bir xil elektron
pochta manzili bo‘lishi mumkin emas.
Elektron pochta manzili quyidagilardan tarkib
topgan:
– login – elektron pochta egasining shartli nomi;
– elektron pochta joylashgan tarmoq kompyuteri
(sayt) yoki pochta xizmati saytining nomi.
Elektron
pochta
(ing.
Electronic Mail,
E-mail
)
– elektron xabarlarni qabul qilish va
yuborish bo‘yicha xizmat turi.
Elektron pochta manzili (qutisi)
– xabar
yuborish uchun foydalaniladigan unikal
manzil. U inson
istiqomat qiladigan uyning
to‘liq manziliga o‘xshash bo‘lib, foydalanuvchi
xabarni ushbu manzil orqali yuboradi.
Unikal
–
yagona, boshqa o‘xshashi yo‘q.
Ikkita bir xil pochta manzili bo‘lishi mumkin
emas, shu boisdan pochta manzillariga
nisbatan ushbu so‘z qo‘llaniladi.
Foydalanuvchi nomi
–
elektron pochta
manzili egasining nomi. U lotin harflari,
raqam va belgilardan iborat bo‘ladi.
Parol
–
elektron
pochta manzilini
himoyalash uchun manzil egasi tomonidan
kiritilgan kalit so‘z.
Akkaunt
(ing.
account
– hisob) –
kompyuter tizimida foydalanuvchi haqidagi
ma’lumotlar to‘plamini saqlaydigan hisob.
U foydalanuvchiga tizimga kirish imkonini
beradi.
Dostları ilə paylaş: