Internetda ishlash asoslari va elektron pochta



Yüklə 4,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/31
tarix22.12.2023
ölçüsü4,28 Mb.
#190018
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Internetda ishlash asoslari va elektron pochta

BUNI BILASIZMI?
1989-yilda britaniyalik olim Tim Berners-
Li tomonidan birinchi Internet sayti ishga 
tushirilgan. Natijada, zamonaviy Internetning 
ajdodi – gipermatnga asoslangan loyiha 
taqdim etilgan. 


III BOB. 
INTERNETDA ISHLASH ASOSLARI VA ELEKTRON POCHTA
78
WWW xizmati 
WWW
Internet manbalarini tashkil etish va undan foydalanishni ta’minlashga xizmat qiladi. Internet 
manbalari, о‘z navbatida, veb-sahifalardan tashkil topgan.
Veb-sahifa
Internetdagi hujjat yoki axborot manbayi bо‘lib, tarkibida matn, rasm, video, 
gipermurojaat va boshqa ma’lumotlarni saqlaydi. Veb-sahifadagi gipermurojaat joriy hujjatning 
boshqa qismiga yoki boshqa hujjatga о‘tishni ta’minlaydi.
Biror soha, faoliyat, mavzu, voqea va hodisaga bag‘ishlangan ma’lumotlarni о‘zida jamlagan hamda 
bir-biri bilan gipermurojaatlar orqali bog‘langan veb-sahifalar majmui 
veb-sayt
deb ataladi. Har bir 
veb-saytning о‘ziga xos manzili mavjud. 
Veb-sahifa yoki veb-sayt manzillari
Internetdagi har bir veb-sahifa yoki veb-saytning uni 
qidirish uchun ishlatiladigan noyob veb-manzili yoki 
URLi mavjud. URL uch qismdan iborat:
1) URL, odatda, “http” yoki “https” bilan boshlanadi. 
Bu qism 
protokol
deb ataladi, u veb-sayt uchun 
ma’lumotlarning qanday uzatilishini boshqaradigan 
qoidalar tо‘plami hisoblanadi;
2) undan keyin veb-saytni aniqlaydigan qism davom 
etadi. Masalan: www.google. Bu qism 
domen nomi
deb 
ataladi;
TAYANCH TUSHUNCHALAR
Gipermurojaat 
– veb-sahifadagi 
element. Uning ustiga bosish orqali 
veb-sayt tarkibidagi sahifani to‘g‘ridan 
to‘g‘ri kuzatish mumkin.
URL 
(
U
niform 
R
esurs 
L
ocator)
– 
WWWdagi sahifa yoki sayt manzili. 
3) URL veb-sayt turi hamda qaysi davlatga mansubligiga ko‘ra, turlicha tugashi mumkin. Ular 
domen kengaytmalari
deb nomlanadi.
Eng kо‘p tarqalgan domen kengaytmalari:
Qaysi davlatga mansubligiga kо‘ra:
UZ –
О‘zbekiston 
UK – 
Buyuk Britaniya 
US – 
Amerika qо‘shma shtatlari 
RU –
Rossiya
KG –
Qirg‘iziston
KZ – 
Qozog‘iston
UA – 
Ukraina 
COM – 
tijorat
EDU – 
ta’lim
GOV – 
hukumat
INT – 
xalqaro
MIL – 
harbiy
NET – 
tarmoq
ORG – 
nodavlat tashkilotlari
Veb-sayt turiga kо‘ra:
Masalan: www.ziyonet.uz, www.uzbekcoders.uz, www.dtm.uz, www.google.com.


79
Veb-brauzer dasturlari
Butunjahon tarmog‘idagi veb-sahifa yoki veb-saytlarni kо‘rish uchun maxsus dasturlar – 
veb-
brauzer
lardan foydalaniladi.
Veb-brauzer Internet tarmog‘idagi veb-sahifalarni kо‘rsatadigan dastur bо‘lib, uning yordamida veb-
sahifadagi ma’lumotlar bilan tanishish mumkin. Veb-sahifalar gipermatnli belgilash tili (HTML)da 
yozilgan bo‘lib Internet orqali kompyuter tilida yaratiladi. Veb-brauzer esa buni foydalanuvchi о‘qiy 
oladigan tilga o‘giradi. Odatda, Windows operatsion tizimi tarkibida Internet Explorer brauzeri tizim 
bilan birgalikda o‘rnatilgan bo‘ladi. Qolgan brauzerlar esa foydalanuvchi tomonidan o‘rnatiladi.
Veb-brauzer 
(ingl. 
browser
– ko‘rish) 
– veb-sahifani akslantiruvchi, tarjima 
qiluvchi va namoyish etuvchi dasturiy 
ta’minot.
Qayta yuklash 
– tashrif buyurilgan veb-
sahifani qayta ochish.
Yuklash 
– veb-saytni yoki veb-sayt 
ichidagi sahifani ochish.
Dastur
nomi
Google 
Chrome
Microsoft 
Edge
Internet 
Explorer
Mozilla 
Firefox
Yandex
Safari
Logotipi

Yüklə 4,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin