1
3
4
2
87
Veb-sahifa manzili (URL)ni saqlash:
– veb-sahifaning URL manzilini nusxalash uchun manzil satrida veb-sahifaning manzili belgilanadi;
– belgilangan matn ustida sichqonchaning o‘ng tugmachasi bosiladi va menyudan “Copy” – nusxa
olish buyrug‘i tanlanadi;
– URLni hujjatga joylashtirish uchun, hujjat ochiladi;
– hujjatdagi bo‘sh joyda sichqonchaning o‘ng tugmachasi bosiladi va menyudan “Paste” –
joylashtirish buyrug‘i tanlanadi.
Veb-sahifani chop etish
Veb-sahifa nusxasini saqlab qolish uchun uni chop etish mumkin. Buning uchun veb-sahifaning
istalgan bo‘sh qismida sichqonchaning о‘ng tugmachasi bosiladi va kontekstli menyudan “Print”
bandi tanlanadi
(2)
. So‘ngra ekranda chop etilishi lozim bо‘lgan sahifani kо‘rib chiqish va “Print”
tugmachasini bosish lozim.
Veb-saytdagi matndan nusxa olish
Loyiha uchun veb-sahifadagi matnni kо‘chirib olishdan avval yaxshilab о‘ylab kо‘ring. Yaxshisi,
matnni о‘z sо‘zlaringiz bilan qayta yozishga harakat qilganingiz ma’qul. Agar ishingizda veb-
saytdagi matndan foydalansangiz, uni qayerdan olganingizni kо‘rsatishingiz lozim. Bunday holat
ushbu veb-sahifaga murojaat qilganingizni anglatadi. Agar bunday qilmasangiz, u holda sizni
axloqqa zid xatti-harakatlarda, hatto ko‘chirmakashlik (plagiat)da ayblashlari mumkin.
1. Veb-saytdagi matndan nusxa olish
uchun uni kursor bilan belgilang.
2. Belgilangan matn ustida
sichqonchaning о‘ng tugmachasini
bosing va kontekstli menyudan
“Copy” tugmachasini bosing.
3. Microsoft Word yoki Wordpadda
yangi hujjat oching.
TAYANCH TUSHUNCHALAR
Plagiat
– birovning asarini havola qilmasdan nusxa
ko‘chirish, uni ruxsatsiz o‘zlashtirish.
Kontent
– matn, tasvir, video kabi materiallar.
Mualliflik huquqi
– kontent egasi yoki
yaratuvchisiga beriladigan qonuniy huquq.
Axloqiy xatti-harakatlar
– boshqalarning ishiga
hurmat ko‘rsatish, halollik va adolat.
|