83
Qidiruv tizimi
– butunjahon Internet
tarmog‘idagi veb-saytlarni o‘z ichiga olgan
katta ma’lumotlar bazalaridagi axborotlarni
qidirish uchun ishlatiladigan dastur.
Qidiruv natijalari
– qidiruv tizimi tomonidan
berilgan veb-sahifalarga gipermurojaatlar
ro‘yxati.
Ma’lumotlar bazasi
– qidirish va foydalanish
mumkin bо‘lgan, tartiblangan ma’lumotlar
to‘plami.
Index
– barcha kalit so‘zlar yoki qidiruv tizimi
orqali avval tashrif buyurilgan veb-sahifalar
ro‘yxati.
Algoritm
– muammoni hal qilish uchun dastur
bajaradigan bosqichlar yoki qadamlar ketma-
ketligi.
Qidiruv tizimlari
Qidiruv tizimlari ma’lumotni butunjahon
tarmog‘idan qidirish imkonini beradi.
Butunjahon Internet tarmog‘ida mavjud
barcha veb-saytlar ma’lumotlar bazasida
saqlanadi. Kerakli ma’lumotni shu baza orqali
topish uchun qidiruv tizimidan foydalanish
mumkin.
Bugungi kunda kо‘plab qidiruv tizimlari mavjud
bо‘lib, ulardan quyidagilari eng ommalashgan
sanaladi:
1) Google(https://www.google.co.uz/);
2) Microsoft Bing (https://www.bing.com/);
3) Yahoo(https://www.yahoo.com/);
4) Baidu (https://www.baidu.com/);
5) Yandex (https://www.yandex.ru/);
6) DuckDuckGo (https://duckduckgo.com/);
7) Kiddle (https://www.kiddle.co/).
Dostları ilə paylaş: