III BOB.
INTERNETDA ISHLASH ASOSLARI VA ELEKTRON POCHTA
80
3)
sahifani yangilash.
“refresh”
(3)
tugmachasi veb-sahifani qayta yuklash imkonini beradi. Bu
tugmachadan veb-sahifa tо‘g‘ri yuklanmaganda yoki veb-sahifadagi yangilangan ma’lumotlarni
kо‘rishda foydalaniladi;
4) brauzerlarning turi ko‘p bo‘lsa-da, ularda sahifalar bir xil usulda ko‘riladi. Veb-sayt yoki veb-
sahifani ochish uchun brauzerning manzil qatoriga
(4)
sayt yoki sahifaning manzilini kiritish va
“Enter” tugmachasini bosish lozim (masalan, raqamli ta’lim resurslari manzili – dr.rtm.uz);
5) brauzerlarning zamonaviy versiyalarida asosiy amallar sozlamalar menyusi orqali bajariladi
(5)
.
Google Chrome brauzerining sozlamalar menyusi orqali:
• yangi veb-sahifa ochish (“
New tab
” buyrug‘i);
• yuklangan veb-sahifalar tarixini kо‘rish (“
History
” buyrug‘i);
• yuklab olingan sahifa yoki fayllarni kо‘rish (“
Downloads
” buyrug‘i);
• sahifa masshtabini o‘zgartirish (“
Zoom
” buyrug‘i);
• veb-sahifani chop etish (“
Print
” buyrug‘i);
• veb-sahifadan kerakli matnni qidirish (“
Find
” buyrug‘i);
• matnli hujjatga qo‘yish uchun sahifaning tanlangan qismini nusxalash (“
Copy
” buyrug‘i) kabi
ishlarni amalga oshirish mumkin.
Sichqonchaning o‘ng tugmachasini brauzerning ixtiyoriy bo‘sh qismida bosish orqali bir necha
buyruqdan iborat kontekst menyusiga o‘tish hamda veb-sahifa bilan bog‘liq kerakli buyruqlarni
bajarish mumkin:
• avvalgi sahifaga qaytish (“
Back
” buyrug‘i);
• keyingi sahifaga o‘tish (“
Forward
” buyrug‘i);
• sahifani qayta yuklash (“
Reload
” buyrug‘i);
• sahifani saqlash (“
Save as…
” buyrug‘i);
• veb-sahifani chop etish (“
Print…
” buyrug‘i);
• veb-sahifadagi matnlarni tarjima qilish
(“
Translate to o‘zbek
” (yoki boshqa til) buyrug‘i).
Sarlavha qatori
Manzil qatori
Oynani boshqaruvchi tugmachalar
4
5
Dostları ilə paylaş: