Internetning xizmat turlari


Kompaniya yoki shaxs haqidagi batafsil ma’lumotlarni taqdim etish –



Yüklə 96,45 Kb.
səhifə10/12
tarix21.12.2023
ölçüsü96,45 Kb.
#188049
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Internetning xizmat turlari-fayllar.org

Kompaniya yoki shaxs haqidagi batafsil ma’lumotlarni taqdim etish – web-sayt orqali kompaniya, xizmatlar, buyurtma shartlari va aloqalar haqida batafsil ma’lumotlarni ommaga taqdim etish mumkin.
Sayt mijozlaringizni xizmat yoki mahsulotlaringiz haqida yil bo’yi, kecha-yu kunduz xabardor qiladi.Siz o’z saytingizga havolani vizitkalar, suhbat davomida, reklama materiallari va kataloglarda, qidiruv tizimlarida va shu kabi turli ma’lumotnomalarda taqdim etishingiz mumkin.Qolaversa saytdagi ma’lumotlarni o’zgartirish va yangilash ham juda oson. Bu avvalgi reklama bukletni modellashtirish, chop etish va mijozlarga yuborish kabi sarf-harajatlarning oldini oladi.
Mijozlarni jalb qilish – web-sayt – xizmatlaringiz va mahsulotlaringizga buyurtma berish jarayonini soddalashtirish va mijozlarni jalb qilishda yordam beradi.Potensial mijozlar kataloglar va internet orqali qidiruvda kalit so’zlarni kiritib sizning saytingizni topadilar, xizmat, mahsulotlar va shartlar bilan tanishadilar.
Mijozlarga xizmat ko’rsatish – web-sayt mavjud mijozlar bilan ishlash vositasidir. Uning yordamida internet orqali mijozlarga turli xil ma’lumotlarni taqdim etishingiz mumkin.
Axborot almashish – web-sayt kompaniya xodimlari va rahbarlarining o’zaro axborot almashinuv vositasi sifatida ham xizmat qiladi.Agar siz hujjatlar, topshiriqlar, hisobotlar va boshqa ma’lumotlarni saytga joylashtirsangiz, kompaniya rahbariyati va boshqa xodimlari kerakli ma’lumotlarni dunyoning istalgan nuqtasidan internet orqali olishlari mumkin bo’ladi.
Kompaniya imidji – sayt – sizning yoki kompaniyangiz imidji hisoblanadi. Sayt mavjudligi kompaniyaning taraqqiyoti va uning zamon talablariga muvofiqligidan dalolat beradi.
Domen nomi (domen) – manzil, masalan: web-oqila.uz, bu erda uz – domen zonasidir.
Server (xosting)internetga ulangan, web-resurs fayllari joylashgan kompyuterlar/ serverlar.
Internet provayder – Internet tarmog’i xizmatlaridan foydalanishni ta’minlab beruvchi yuridik shaxs.
Elektron pochta – Internet tarmog’i orqali tezkor ma’lumotlar va xabarlar almashish tizimi
Chat – Internet tarmog’i orqali tezkor muloqotni yozishuv asosida tashkil qilish xizmati
Forum – Internet tarmog’i orqali turli toifadagi masalalarni o’zaro muhokama qilish tizimi
Internet konferensiya – Internet tarmog’i xizmatlari orqali turli anjumanlarni tashkil etish
Trafik - bu Internet aloqa kanallari orqali uzatilgan ma’lumotlar oqimi hajmi.
Internet manzil (URL) – Internet tarmog’ida joylashtirilgan axborot resurslarining murojaat manzillari.
Internet qidiruv tizimlaridan foydalanish
Internet o’yinlar, madaniy xordiq, radio va televideniye
Internet do’konlar va boshqalar.


Yüklə 96,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin