Internetning xizmat turlari


DIDAKTIK-O’YINLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH



Yüklə 96,45 Kb.
səhifə11/12
tarix21.12.2023
ölçüsü96,45 Kb.
#188049
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Internetning xizmat turlari-fayllar.org

2.2.DIDAKTIK-O’YINLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH
Informatikani o’qitishda o’yinli texnologiyalardan foydalanish
Mamlakatimizda Prezidentimiz rahnamoligida axborot-kommunikasiya texnologiyalarini hayotimizning barcha jabhalari, jumladan, ta’lim jarayoniga keng tatbiq etishga katta e’tibor qaratilmoqda. Bu 2012 yil 21 martda qabul qilingan “Zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini yanada kengroq joriy qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari”ga oid qaror va “Axborotlashtirish to’g’risida”gi qonunda, belgilangan asosiy vazifalardan biridir. Zero, zamonaviy axborot texnologiyalarini samarali qo’llash o’quvchilarga bilim berish sifatini oshirish, uning mazmun-mohiyatini takomillashtirish, ta’limni zamonaviy talablar darajasida tashkil etish, ta’lim muassasalarida ta’lim samaradorligini oshirish maqsadida ta’lim-tarbiya jarayoniga yangi pedagogik, axborot texnologiyalarini joriy etish, ularda interfaol usul va vositalardan foydalanish ko’zda tutilgan. Shu sababli, bugungi kunda ta’lim muassalarida faoliyat yuritayotgan “Informatika” fani o’qituvchilari oldida quyidagi muhim vazifalar turadi:
- o’quvchilarning mustaqil bilim olish, o’rganish qobiliyatlarini shakllantirish va rivojlantirishda fanning o’rni va ahamiyatini oshirish;
- mashg’ulotlarini zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish va o’tkazish;
- o’quvchilarning faolligini oshirish, o’zlashtirish darajalarini rivojlantirishga yo’naltirilgan metod va shakllarni qo’llash;
- ta’lim jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish.
O’yinli texnologiyalardan foydalanishning asosini o’quvchilarning faollashtiruvchi va jadallashtiruvchi faoliyati tashkil etadi. O’yin olimlar tadqiqotlariga ko’ra mehnat va o’qish bilan birgalikda faoliyatning asosiy turlaridan biri hisoblanadi. Psixologlarning ta’kidlashlaricha, o’yinli faoliyatning psixologik mexanizmlari shaxsning o’zini namoyon qilish, hayotda o’z o’rnini barqaror qilish, o’zini o’zi boshqarish, o’z imkoniyatlarini amalga oshirishning fundamental ehtiyojlariga tayanadi.O’yin bilish va uning bir qismi (kirish, mustahkamlash, mashq, nazorat) tarzida tashkil etiladi.
O’yinlar turli maqsadlarga yo’naltirilgan bo’ladi. Ular didaktik, tarbiyaviy, faoliyatni rivojlantiruvchi va ijtimoiylashuv maqsadlarda qo’llanadi. O’yinning didaktik maqsadi bilimlar doirasi, bilish faoliyati, amaliy faoliyatida bilim, malaka va ko’nikmalarni qo’llash, umumta’lim malaka va ko’nikmalarni rivojlantirish, mehnat ko’nikmalarini rivojlantirishni kengaytirishga qaratilgan bo’ladi. O’yinning tarbiyaviy maqsadi mustaqillik, irodani tarbiyalash, muayyan yondashuvlar, nuqtai nazarlar, ma’naviy, estetik va dunyoqarashni shakllantirishdagi hamkorlikni, kollektivizmni, jamoaga kirishib keta olishni, kommunikativlikni tarbiyalashga qaratilgan bo’ladi.
Rebus, krossvordlar ham o’yinli texnologiyalarga sirasiga kiradi. “Rebus” so’zi lotin tilidan olingan bo’lib, “So’zlar orqali emas, balki rasmlar orqali ifodalash” ma’nosini anglatadi. Bu - biror so’z yoki atamaning rasmlar, notalar, xarflar bilan birgalikda ifodalanishi orqali hosil qilingan jumboqdir.
Rebus – keng tarqalgan va eng mashxur o’yinlar sirasiga kiradi. U orqali maqollarni, she’r qismlarini, biror iborani yoki so’zni berkitish mumkin. Undan ilk bor Fransiyada XV asrda qo’llanilgan.
Eng birinchi rebuslar to’plami Etenom Taburo tomonidan Fransiyada 1582 yili chop etilgan. Keyinchalik Angliya, Germaniya, Italiyaga tarqalgan. Rossiyada birinchi rebuslar “Illyustrasiya” jurnalida 1845 yili chop etilgan.
Rebus — bu atamalarni ko’ngil ko’taruvchi xarakterdagi shifrlashdir. Quyida rebus qoidalariga to’xtalamiz:
- Rasmning chap yuqorisidagi apostroflar soni rasm nomining chap tomonidan o’chiriladigan xarflar soniga mos keladi;
- Rasmning o’ng yuqorisidagi apostroflar soni rasm nomining o’ng tomonidan o’chiriladigan xarflar soniga mos keladi;
- So’z o’rtasidagi xarflarni o’chirish uchun bu xarflar rasm ustida yozilib ustidan chiziladi;
- Rasm nomidagi belgilarning joylashgan o’rni tartib raqamini o’zgartirish orqali yangi hosil qilish mumkin;
- Rasmni teskari qo’yish orqali so’z ham teskari o’kiladi.
“Informatika” fanidan o’quvchilar bilimini nazorat qilish va baholash uchun quyidagi vazifalarni taklif etish mumkin:

Ushbu vazifalar o’quvchilar aqliy faolligini o’stiradi, bilish jarayoniga haqiqiy qiziqish uyg’otadi. O’yin davomida o’quvchilar ma’lum qiyinchiliklarni yengadilar, o’z kuchlarini sinaydilar, malaka va bilimlarini rivojlantiradilar.

Ko’pchilikka ma’lum va ommabop bo’lgan krossvord o’yini o’quvchilarda qiziqish uyg’otishi tabiiydir. Krossvord ko’rinishidagi so’rov shakli o’quvchilar uchun har doim qiziqarli va o’ziga tortadigan metoddir. Ushbu o’yinga o’quvchilar shu darajada kirishib ketadilarki, hatto, o’zlari ham informatikaning turli mavzulari bo’yicha krossvordlar tuzishlari mumkin. Mustaqil ijodiy faoliyatning bunday shakli foydali bo’lishi bilan birga, faqatgina bilimdon o’quvchilarnigina emas, balki past o’zlashtiruvchilarni ham qamrab oladi. Boshqa o’quv fanlaridan past o’zlashtiruvchi o’quvchilar ko’pincha informatikadan yaxshi va tirishqoq o’quvchilarga aylanadilar. Krossvord – ingliz tilidagi “cross-word” so’zidan olingan bo’lib, “so’zlar kesishishi” degan ma’noni bildiradi. Krossvordlar sodda bo’lishi bilan birga, mashhur olimlar, allomalar ismlariga, mavzuga aynan mos keluvchi maxsus atamalarga diqqatini jalb etishning samarali vositasi hamdir. Quyida “Informatika” fanidan krossvordlardan namunalar keltiramiz.

1) Oxiri “R” bilan tugaydigan “Informatika”, “Algoritmlash va dasturlash tillari” fanlariga doir so’zlarni toping, krossvordni to’ldiring va har bir tushunchaga ta’rif bering. Ushbu krossvordda dasturlash tillariga oid so’zlar lotin alifbosida yoziladi. Krossvordda or, var, unar, binar, skaner, monitor, strimmer, prosessor kabi so’zlar ishtirok etishi mumkin.
2) Krosvordlar odatda trapesiya, to’g’rito’rtburchak shakllarda beriladi. Quyida biz o’quvchilarning qiziqishini orttirish maqsadida uning shaklini o’zgartirib gul tasviriga joylashtirdik.
1. Qattiq disk (vinchestor).

2. Axborotlarni ko’rish qurilmasi (monitor).


3. Rasmlar va matnlarni kompyuter xotirasiga kiritish uchun hizmat qiladigan qurilma (skaner).
4. Magnit lentada arxiv ma’lumotlarni saqlash uchun hizmat qiladigan qurilma (strimmer).
5. Arifmetik yoki mantiqiy amallarni bajarib, butun sistemaning ishini nazorat qiluvchi qurilma (prosessor).

XULOSA
Ta’limning bugungi vazifasi o‘quvchilarni kun sayin ortib borayotgan axborot — ta’lim muhiti sharoitida mustaqil faoliyat ko‘rsata olish, turli sohalarda zamonaviy axborot texnologiya­larini samarali qo‘llash va axborot oqimidan oqilona foydalanishga o‘rgatishdan iborat.Shu maqsadda, o‘quvchilarga uzluksiz ravishda mustaqil ishlash imkoniyati va sharoitini yaratib berish hamda ijodiy fikrlash va mustaqil qarorlar qabul qilishga o‘rgatish zarur. Bu masala­ning yechimi tabiiyki, mazkur jarayonning asosiy tashkilotchisi — pedagoglarni tayyorlash sifatiga bog‘liq. Har bir jamiyatning kelajagi uning ajralmas qismi va hayotiy zarurati bo‘lgan ta’lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Bugungi kunda mustaqil taraqqiyot yo‘lidan ildam borayotgan mamlakatimizning uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilish va takomillashtirish, yangi sifat bosqichiga ko‘tarish, unga ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy qilish hamda ta’lim samaradorligini oshirish davlat siyosati darajasi­ga ko‘tarilgan. Mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar ta’lim tizimida ham o‘ziga xos o‘zgarishlarni kiritish va yangiliklarni joriy etish zaruratini belgilab bermoqda.Hozirgi kunda barcha sohalarga jadal joriy etilib borayotgan zamonaviy axborot texnologiyalariga oid bilimlarni egallashga qaratilgan «Informatika» fani samarali o‘qitilyaptimi? O‘quvchilar kasbiy faoliyati sohalari uchun zarur bo‘lgan axborot texnologiyalari bilan ishlashning dastlabki ko‘nikmalariga ega bo‘lib borayaptilarmi? Bugungi kunda barcha o‘qituvchilar dars mashg‘ulotini to‘g‘ri loyihalay oladimi? Dars mashg‘ulotining samaradorligi qanday omil­larga bog‘liq? Bu kabi savollarga hozircha ijobiy javob bera olmasligimiz, achinarli holdir. O‘tkazilgan anketa tekshiruvlariga ko‘ra Namangan shahridagi ayrim ta’lim muassasalarining aniq bir guruhlari­da informatika fanidan olingan nazorat ishida o‘quvchilar nisbatan past baholanganlar. Bu past sifat ko‘rsatkichidir. O‘quvchi bugungi kunda ta’lim sohasini egallar ekan, kelgusi ta’lim bosqichini davom ettirishi uchun zamonaviy dasturiy, texnik va kommunikativ vositalardan samarali foydalana olish salohiyatiga ega bo‘lishi, xususan: zamonaviy taraqqiy etgan jamiyatda axborot va axborot texnolo­giyalarining o‘rnini bilishi; axborotni boshqarish vositasi sifatida axborotlarni olish, yig‘ish, qayta ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi; global kompyuter tarmoqlarida ishlash va ular orqali foydali axborotlar olish va ulardan ijodiy fikrlashni o‘stirishda foydalanish usullarini egallashi talab etiladi.
Jamiyatning axborotlashuvi ta’lim tizimida uzluksiz innovatsiya­larni talab etadi. Bugun har qanday uslub darhol eskirishi va yangi metodlar bilan boyitilishi mumkin. Dars mashg‘ulotida kerakli natijalarga erishish qaysi omillarga bog‘liq? Dunyoning turli mamlakatlarida ko‘plab tadqiqotchilar tomonidan ta’limda innovatsiyalarni qo‘llash bo‘yicha izlanishlar olib borilgan. Ularda «innovatsiya», «interfaol usullar», «innovatsion texnologiyalar» to‘g‘risida yaxshi axborotlar to‘plangan, biroq axborot texnologiyalarini ta’lim muassa­salarida o‘rgatish samaradorligini orttirish bo‘yicha aniq tavsiyalar yetarli emas. Shuning uchun asosiy maqsad yuqori darajada o‘zlashtirish natijalariga erishishni ta’minlovchi innovatsion texnologiyalardan foydalanishning samarali usullarini ishlab chiqish, xususan, zamon talab etayotgan axborot texnologiyalari bo‘yicha pedagogik innovatsiyalardan foydalanish masalalarini tadqiq etishdan iboratdir. Ta’lim jarayoniga innovatsiyalarni qo‘llash bugungi kunda quyidagi vazifalarni amalga oshirishni talab etadi:
  • o‘quv fanining aniq maqsadini aniqlash;


  • fanning hajmi va mazmunini aniqlash;


  • zarur bo‘lgan ta’lim texnologiyalarini ishlab chiqish va tavsiya etish;


  • fanning moddiy va texnik ta’minotini yaratish;


  • ta’lim oluvchilarning xususiyatlarini o‘rganish;


  • o‘qituvchining tayyorgarligi va dars mashg‘ulotini loyihalash.






Yüklə 96,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin