"Interyer" tushunchasi



Yüklə 14,27 Kb.
tarix02.12.2022
ölçüsü14,27 Kb.
#72024
Interyer tushunchasi


"Interyer" tushunchasi
Interyer–hayvonlarni tanasining tuzilishi (ularning ichki morfofiziologik xususiyatlari). Tana tashqi tuzilishi va a’zo, to’qimalar faoliyati bir biri bilan uzviy bog’langandir, shu boisdan hayvonlarning interyer farqi mahsuldorlik yo’nalishini aks ettirib, ularning sog’ligini belgilaydi. Bir zotga mansub (qora-ola) go’shtdorlik tomonga og’gan sigirlarning vazni 719 kg, oylik suti 304 kg bo’lgani holda, sutdor tip sigirlarning vazni 664 kg, oylik suti 571 kg ni tashkil qilib, qoni eritrotsitlar bilan ko’proq to'yingan(7,46 mln/mm3 I guruhda esa 6,75 mln/mm3) bo’lgan. Sermahsul sigirlarda eritrotsitlar va gemoglobin miqdorining kamligiga qaramasdan yurak urishi va nafas olishining tezligi ularda modda almashuvining yuqoriligidan dalolat beradi. L.V. Bogdanov tanada aylanayotgan qon miqdori bilan sut mahsuldorigini ijobiy korrelyativ bog’lanishini isbotlagan. Muhim interer ko‘rsatkichlardan yelindagi to‘qimalar nisbati hisoblanadi, sersut sigirlarda yelin 75-80% bez to’qimalaridan, faqat 20-25% biriktiruvchi va yog’ to’qimalardan tashkil topadi.
Sut yo’nalishidagi sigirlar terisi yupqa bo’lib, teri osti yog’ qatlami kam bo’ladi, bu ko’rsatkich go’sht yo’nalishidagi qoramollarda qalin bo’ladi. Ovqat hazm qilish a’zolarining hajmi va faoliyati sut yo’nalishidagi qoramollarda yaxshiroq rivojlanganligi aniqlangan.
Go’shtning sifati uning morfologik, kimyoviy tarkibi va gistologik tuzilishiga bog’liq. Muskul, yog’, suyak va biriktiruvchi to’qimalar nisbatiga qarab go’shtning sifati belgilanadi. Go’sht tolalarining ingichkaligiga, ular orasida yog’ pardalarining borligini gistologik usul bilan aniqlash go’sht sifati haqida fikr yuritish imkoniyatini beradi.
Chopqir otlarda, serjun qo’ylarda, go’shtdor cho’chqalarda, sertuxum tovuqlarda qon oqsilining yuqoriligi, eritrotsitlar sonini ko’pligi, qonning gemoglobin bilan yaxshi to’yinganligi ularda modda almashuvining tez kechishidan dalolat beradi. 
Interyer ko’rsatkichlari hayvonlarni baholashda, mahsulot yo’nalishini belgilashda, sog’ligi sharoitga moslashuvini aniqlashda muhim o’rin tutadi.

@chorvasos


Yüklə 14,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin