I.N.GolubinskiyusulibO`yichachangdonachalariniO`stirish. I.N. Golubinskiy usuli bo‘yicha chang donachalarini o‘stirish quyidagicha bajariladi: Bunda mabodo Van-Tigema kamerasi bo‘lmasa, chang donachalari Petri likopchalarida o‘stiriladi. Buning uchun likopchaning tubiga 1-2 tomchi suv quyiladi. Ustki qopqog‘ining ichki tomoniga 8 - 10 tomchi ozuqa (glyukoza yoki fruktozaning agar-agardagi turli foizlardagi eritmasi) tomizilib, unga hozirgina uzilgan gulning changi - mikrosporalari qoqiladi va qopqoq yopiladi. Chang ozuqa bilan birga nam kamerada qoladi. Ko‘pchilik o‘simliklar uchun ozuqa muhiti sifatida glyukoza yoki saxarozaning agar-agardagi eritmasidan foydalanish yaxshi natijalar beradi. I.N. Golubinskiy (1974) tomonidan taklif qilingan bu metod ―osilma tomchi metodi‖ deb ham nomlanadi, chunki ozuqa tomchilari qopqoq devorida osilib turadi. Petri likopchasining qopqog‘i olib, undagi tomchilarda chang donachalarining ozuqa muhitining qanday foizli eritmasida qancha o‘sganligi yoki o‘smaganligi mikroskopning kichik ob‘ektivida kuzatiladi, sanab chiqib foizi aniqlanadi. Masalan, Cousinia Cass. turkumi bir nechta turlarini mikrosporalarini ushbu metodlar bilan o‘rganishimiz natijasida turkum mikrosporalarining yaxshi 35 % gacha unib chiqishi uchun agar-agarning fruktozadagi 30-35 va 40 % li eritmali ozuqa muhiti, optimal ekanligi aniqlandi.
Demak ushbu metodlar yordamida o‘rganilayotgan o‘simlikning mikrosporalari to‘g‘risida quyidagi xulosalarni olishimiz mumkin: 1. Mikrosporalarning fertil va steril foizlarini. 2. Mikrosporalarning shakli va o‘lchami hamda undagi poralar soni, joylashuvini. 3. Mikrosporalar ginetsey tumshuqchasiga tushgandan so‘ng o‘sish vaqtini. 4. Agar-agarning qanday foizli eritmasi mikrosporani o‘sishi uchun optimal ekanligini. 5. Mikrosporalarning yashash vaqtini.
6. Changning vegetativ hujayrasidan hosil bo‘lgan chang naychasining shakli, o‘sish tezligi, uzunligi va energiyasini. 7. Optimal ozuqadan past yoki juda baland agar-agar eritmalarida mikrosporalarning o‘sish foizlarini va boshqalar.