GulbiologiyasiniO`rganish. Gul biologiyasini o‘rganishda guldagi turli morfologik tuzilmalar tadqiq qilinadi, chunki ular gulni qaysi tipda changlanishini belgilaydi. Gulning quyidagi belgi va xususiyatlariga asosiy e‘tiborni qaratish lozim bo‘ladi (Ponomaryov, 1960):
Gulqo‘rg‘onning shakli, tuzilishi, rangi va uning o‘zgarib borishi;
Gulda androtsey va ginetsey tumshuqchasining o‘zaro joylashuvi;
Androtsey va ginetseyning еtilish vaqtlari;
Nektardon tuzilishi, joylashishi va nektar ajratish miqdori;
Gulda maxsus tuzilmalarning bor yoki yo‘qligi;
Gul qismlarining reduktsiyalanib ketganligi 10.Guldagi androtsey va ginetseyning tiplari va hokazalar.
Tadqiqotchi tomonidan gulning ochilishi jarayonini kuzatish, unda bo‘ladigan sifat o‘zgarishlarini aniqlay bilishi muhimdir. Buni faqat tabiiy sharoitlarda o‘rganish mumkin. Odatda o‘simlik turlarining gullari ochilishida bir qancha fazalar ajratiladi. Hozirgi kunda Poaceae (Bug‘doydoshlar) oilasi vakillarining guli ochilishida 4 ta, Fabaceae(Burchoqdoshlar) oilasida 5 ta, Malvaceae(Gulxayridoshlar) oilasi vakillarida esa 4 ta faza ajratiladi.
Gul biologiyasini tadqiq etishda changlanish tipini aniqlash ham muhim o‘rin egallaydi. Buning uchun kamida 20-30 ta g‘uncha ochilmasdan kalka qog‘ozdan tayyorlangan izolyatorlarga o‘rab qo‘yiladi. Osimlik gullab bo‘lgach izolyatorlar ochib ko‘rilib, ularda meva hosil bo‘lgan yoki hosil bo‘lmaganligi aniqlanadi. Agar izolyator butun bo‘lib, o‘simlik g‘unchasi meva tukkan bo‘lsa, bu o‘rganilayotgan o‘simlikda o‘z-o‘zidan changlanish (avtogamiya) xususiyati borligidan dalolat beradi.
Cousinia umbrosa Bunge o‘simligi bo‘yicha ushbu masala bo‘yicha tajriba o‘tkazib olingan natijalar 12-jadvalda keltirilgan.
jadval