Introduktsiya” atamasi lotincha “introductio”



Yüklə 1,31 Mb.
səhifə43/63
tarix14.12.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#178087
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   63
portal.guldu.uz-intraduksiya

Urug`ning hayotchanligi. Urug‘chilikda amalda qo‘llanilayotgan davlat standartlarida urug‘ning hayotchanligi ko‘rsatish talab qilinadi. Urug‘ning hayotchanlik ko‘rsatgichi tirik urug‘lar umumiy miqdorini ifodalaydi. Urug‘ hayotchanligini aniqdashda turli bo‘yoqlar bilan bo‘yalishiga qarab aniqlanadi.
O‘simlik urug‘idan 100 tadan 2 bo‘lak olinadi va 5-6 ba’zi o‘simliklarda 15-25 soat suvda xona haroratida ivitiladi. Ivitilgan urug‘lar murtak atrofidan ikkiga kesibbo‘linadi va tetrazolning 0,5 % li eritmasi solinib, qorong‘i joyda 1 soat saqlanadi. Urug‘lar eritmasidan olinib toza suvda yuviladi hamda filtr qog‘oz ustiga yoyiladi. Tirik urug‘larning murtaklari qizg‘ish rangga bo‘yaladi, o‘lik murtaklar esa bo‘yalmaydi. Bo‘yalgan murtaklar soniga qarab, hayotchan urug‘lar miqdori hisoblab chiqiladi.
Disseminatsiya. Disseminatsiya (disseminato - tarqalish) – o‘simlikning ko‘payish elementlari (diasporalar)ning tarqalish jarayoniga aytiladi. Diasporalar deganda o‘simliklarning turli qismlari, organlari xizmat qilishi mumkin. Diasporalar qaysi organlardan hosil bo‘lganiga qarab 2 guruhga ajratiladi:

    • vegetativ diasporalar (tuganaklar, piyozlar, kurtaklar)

    • generativ diasporalar (meva, urug‘, meva bo‘laklari, to‘pmeva

Diasporalar tarqalish vaqti (bahorda, yozda, kuz boshida, kuzda, kech kuzda, qishda, qish oxirida, erta bahorda) va davomiyligi aniqlanadi.
Gulli o‘simliklar urug‘lari tarqalishida turli vositalar ishtirok etadi. Shunga qarab tarqalish xillari (zooxoriya, anemoxoriya, gidroxoriya, avtoxoriya)ga ajratiladi. Urug‘larni disseminatsiya jarayonida ona o‘simlikdan uzoqlashish radiusi aniqlanadi. Introdutsent o‘simlikda pishgan urug‘ini o‘z-o‘zidan tarqalishi (avtoxoriya) mavjudligini aniqlash lozim. Chunki, o‘simlik urug‘ini o‘z-o‘zidan to‘kilib, keyingi yil yangidan unib chiqishi va saqlanib qolishi uni ushbu sharoitga moslasha boshlaganligini ko‘rsatuvchi belgilardan biri hisoblanadi. To‘kilgan urug‘larning keyingi taqdiri o‘rganiladi.

Yüklə 1,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin