borasida qator amaliy chora-tadbirlar o’tkazildi, investitsion faoliyatni tartibga solib
turuvchi qator qonun va qonun osti hujjatlari chiqarildi va hayotga tadbiq qilinmoqda.
Bu yo’lda investitsiya siyosatining ahamiyati juda katta. Chunki investitsiyalar
iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlar, texnik va texnologik yangilanishlar, korxonalarni
qayta ta’mirlash ishlarini amalga oshirishni rag’batlantiradi, mamlakat eksport va
import salohiyatini oshirishga imkon yaratadi. Shu jihatdan O’zbekiston davlati o’z
investitsiya siyosatini olib bormoqda.
Investitsiya siyosati – bu iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini rivojlantirish,
qo’llab-quvatlash, markazlashgan investitsiya jarayonidan nomarkazlashgan
investitsiya jarayoniga o’tish, ustuvor investitsion loyihalarni qo’llab-quvvatlashga
qaratilgan mexanizm, uslublar yig’indisi hisoblanadi. Davlat
investitsiya siyosatini
amalga oshirishda ko’proq ustuvorlik kichik biznes subyektlari, xorijiy investitsiya
ishtirokidagi korxonalar tuzishga hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish,
muammolarni tezkorlik bilan hal etish va shu asnoda investitsiya ishtirokchilarining
erkin harakat qila olishlari uchun qulay iqtisodiy, investitsion muhit yaratishga
qaratilgan.
Davlat investitsiya siyosati hududlar, tarmoq va korxona investitsiya siyosatidan
tarkib topib, ular o’zaro bag’liqdir. Hududlar investitsiya siyosati investitsiyani
sariflashda aholi, hudud va investor manfa’tlarini hisobga olgan holda samarali
ishlatishga imkon beruvchi hududda olib boriladiga chora-tadbirlar majmuyi. Tarmoq
investitsiya siyosati esa bu mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishini ta’minlovchi
tarmoqlar, sanoat mahsulotlarini eskport qilish, import o’rnini
bosuvchi ishlab
chiqarishni yo’lga qo’yish, ilmiy-texnika taraqqiyotini investitsiya yo’li bilan qo’llab-
quvvatlash hisoblanadi.
O’zbekiston iqtisodiyotiga investitsiyalar kiritish, avvalo, ichki manbalarni
safarbar etish hisobidan iqtisodiyotimizning muhim tarmoqlarini jadal modernizatsiya
qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash, transport va aloqa sohasini yanada
rivojlantirish hamda ijtimoiy infratuzilma ob’yektlarini barpo etish hal qiluvchi
ustuvor yo’nalishlarga aylandi.
Respublika iqtisodiyotining ustuvor tarmoqlarida investitsiya loyihalarini
amalga oshirishning zaruriyati quyidagilardan kelib chiqadi: ishlab chiqarish
quvvatlarining jismoniy va ma’naviy eskirganligi, ularning qayta tiklashga yoki
texnik jihatdan qayta jihozlashga yoki umuman yangilashga oid bo’lib
qolganligi; sanoat tarmog’ida moddiy texnika bazasining o’ta
pastligi va
ko’pgina zarar ko’rib ishlaydigan korxonalarning mavjudligi; respublika milliy
daromadida jamg’arish bilan iste’mol o’rtasidagi nisbatning iste’mol tomonga
ko’plab sarflanayotgani va jamg’arishning investitsiya manbayi sifatida kamayib
borayotganligi; O’zbekistonning tabiiy boyliklarga boyligi va bu erda ko’plab
qayta ishlovchi korxonalarni qurish imkoniyating mavjudligi; aholi sonining
"Science and Education" Scientific Journal
Volume 1 Issue 4
July 2020
53
www.openscience.uz
o’sib borayotganligi (mehnat resurslari) va kichik zamonaviy ixcham korxonalarni
barpo etish, ularni mehnat resurslarining manbayi bo’lmish qishloqqa
yaqinlashtirish
zarurligi;
respublika eksportida xom ashyo salmog’ini
kamaytirish va ko’plab tayyor mahsulotlar chiqarish imkoniyatiga ega bo’lish
zarurligi va boshqalar.
2-rasm. Hududlar kesimida asosiy kapitalga investitsiyalar
Investitsiya
faoliyatining
rivojlanishida
turli
manabalar
hisobidan
mablag’larning jalb etilishi holati o’rganilishi va ular
hisobiga investitsiyalarni
moliyalashtirish holatining rivojlanishini tahlil qilish muhim ahamiyat kasb etadi va
quyidagi jadvallarda so’nggi yillarda turli manbalar hisobiga investitsiyalarning
moliyalashtirilish tarkibi va uning o’zgarishi keltirilgan.
Asosiy kapitalga investitsiyalarning hududiy tarkibida hamon Buxoro, Toshkent
shahri va Qashqadaryo viloyatlari yetakchilik qilmoqda. Qashqadaryo viloyati asosiy
kapitalga investitsiyasi Samarqand viloyatidan qariyb 59% ga ko’p ya’ni 3533.1
mlrd. so’mni tashkil qilmoqda. Buxoro viloyati, Toshkent shahri va Qashqadaryo
viloyati jami qolgan viloyatlar ko’rsatkichidan farqi 5.4% ni quramoqda. Bu
ko’rsatkich bo’yicha Sirdaryo va Jizzax eng oxirgi o’rinlarda qolyabdi.(2-rasm)
"Science and Education" Scientific Journal
Volume 1 Issue 4
July 2020
54
www.openscience.uz
3-rasm. Yanvar-sentabr oylarida iqtisodiy faoliyat turlari bo’yicha asosiy kapitalga
investitsiyalar (jamiga nisbatan % da)
Turar-joy qurilishi, tashish va saqlash kabi faoliyat turlariga investitsiyalar
ulushi 2017-yilda 2016-yil mos davridagiga nisbatan kamaygan bo`lsa, tog’-kon
sanoati, ishlab chiqarish sanoati, elektr va gaz bilan ta’minlash kabi faoliyat turlariga
investitsiyalar hajmi ortdi.(3-rasm)
4-rasm. Asosiy kapitalga investitsiyaning 5-rasm. Asosiy kapitalga xorijiy takror
ishlab chiqarish tarkibi investitsiyalar tarkibi mlrd.so’m
O’zlashtirilgan xorijiy investitsiya va kreditlarning asosiy qismini, 79,7% ini
to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiya va kreditlar tashkil etgan bo’lsa, 18,1% ini
O’zbekiston Respublikasi kafolati ostidagi xorijiy kreditlar va 2,2%
ini boshqa
investitsiya va kreditlar tashkil qilmoqda.(5-rasm) [4]
"Science and Education" Scientific Journal
Volume 1 Issue 4
July 2020
55
www.openscience.uz
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, investitsiya loyihalarini amalga
oshirish orqali iqtisodiyotda tub o’zgarishlarni amalga oshirish imkonini beradi
va bu iqtisodiyotda yangi ish o’rinlarini tashkil etish va rivojlanish garovi bo’lib
xizmat qiladi. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoyitida Yurtimizga zamonaviy
texnoligiyalar olib kelib, sanoat ishlab chiqarishini yangilash va modernizatsiyalash
jarayonlarini olib borishni investitsiya faoliyatisiz tasavvuz etib bo’lmaydi.
Investitsiya loyihalarini jalb qilish nafaqat davlat iqtisodiyotini yuksaltiradi, balki
aholi turmish darajasini yaxshilashda ham katta samara beradi. Yani maishiy
muhtojliklarning katta bo’limi qanoatlantiriladi,
ishlab chiqarish kengayadi, yangi
mehnat kuchlari shakillanadi, eski va og’ir mehnat turmishidan yangi, yengil va
samarali mehnat faoliyatiga o’tiladi. Davlatning kelajakdagi iqtisodiy yuksalish
darajasini bugingi jalb qilingan investitsiya loyihalari va investitsion jarayonlar
belgilab beradi.
Dostları ilə paylaş: