Investitsion faolligini hududlarda amalga oshirish vaboshqarishning xorijiy mamlakatlar tajribasi



Yüklə 42,68 Kb.
səhifə2/6
tarix27.04.2023
ölçüsü42,68 Kb.
#103190
1   2   3   4   5   6
boxodir

banknotalar deb ataladi. Bundan tashqari, banklar veksellar,
depozitiar va cheklar kabi kredit pullarni chiqardi. Yuqorida aytib
o'tilganlar Pullar va abstrakt kreditlar haqidadir. Hozirgi paytda
quyidagi kredit turlari mayjud: bank krediti, iste'molchi krediti, tijorat
krediti, davlat krediti va xalqaro kredit.
Bank krediti — bu kredit turi hozirgi zamonaviy, iqtisodiy faol
jamiyatda eng asosiy o'rinni egallaydi.Kreditor sifatida Tijorat banki
yoki moliya bank muassasalari qatnashishlari mumkin.Kredit oluvchi
sifatida esa biznes bilan shug'ullanuvchi yuridik shaxs bo'lishi
mumkin. Bunda kredit oluvchining iqtisodiy holati e'tiborga olinmasdan faqatgina uning qonuniyligi va kreditni qaytarib berish layoqatligi kerak.
Iste'molchi krediti — bunda kredit oluvchi jismoniy shaxs
hisoblanadi, asosan aholi o'zining iste'moli uchun oladigan kreditidir.
Tijorat krediti — bu turdagi kredit yuqoridagi kreditlardan tubdan
farq qilib, kredit beruvchi va oluvchi sifatida tadbirkorlar va biznessmenlar bo'lishi mumkin.
Kredit — pul shaklida berilmasdan faqatgina tovar shaklida beriladi
va olinadi hamda vekselda muomola qilinadi.
Veksel — bu yozma ravishdagi qarz majburiyati bo'lib, qonuniy
hujjatlashtirilgan va qarz beruvchi qarzni muddati yetilganda, uni
talab qilib olish huquqiga ega ekanligini bildiruvchi qog'oz.
Davlat krediti — bu turdagi kreditda kredit oluvchi va beruvchi
sifatida davlat qatnashadi. Davlat budjet fondini qoplash uchun
chiqargan obligatsiya, veksel va boshqa qimmatli qog'ozlarni yuridik
va jismoniy shaxslarga qaytarib olish sharti bilan sotadi, ya'ni kredit
oladi.
Xalqaro kredit — bu davlatlar orasidagi o'zaro kreditlashdir,
ya'ni bir-biriga kredit berish xalqaro kredit munosabatlarida qatnashuvchi subyektlar bo'lib, tijorat banklari, markaziy banklar, davlat
organlari, hukumatlar, yirik korparatsiyalar hamda xalqaro va regional
moliya kredit tashkilotlari hisoblanadi.
Agar kredit Moliya vazirligi yoki Markaziy bank tomonidan amalga
oshirilayotgan bo'lsa, iqtisodiy emas, balki siyosiy taraflama rasmiylashtiriladi.Kredit rasmiylashtirish tartibini aniqlamasdan oldin kreditiiingichki xususiyatlarini bilish qiyin.Shuning uchun kreditning tamoyillarini ko'rib chiqiladi: qaytaribberishligi, muddatliligi, to'lovliligi va ta'minlanganligi.
1) Qaytarib berishliligi — kreditning asosiy prinsiplaridan bo'lib,
iqtisodiy munosabatning asosiy mazmunini ifodalaydi. Bu kredit
beruvchi berilgan ssuda yoki tovar xomashyoni belgilangan muddatgacha belgilangan foizi bilan qaytarib berilishidir.Jahon iqtisodiyoti
amaliyoti shuni ko'rsatadiki, unda 2 xil kredit turi bor. Qisqa muddatii
ssudalar 3 yilgacha bo'Igan muddatga beriladi. Uzoq muddatii ssudalar
3 yildan ortiq muddatga beriladi, Ssudaning asosiy ko'rsatkichlari hisoblanib, asosiy hujjathisoblangan kredit shartnomasida ko'rsatilib o'tiladi. Kredit oluvchi
bilan kreditor kelishilgan muddat boshlangandan keyin to tugaguncha
muddatlilik hisoblanadi. Agar belgilangan muddatda, ya'ni vaqtida
to'lanmasa va to'lov muddati surilsa muddati uzaytirilgan kredit
hisoblanadi. Bunda bank foydalanganlik uchun foiz stavkasini yuqori
qilib belgilashi mumkin, chunki kredit oluvchi shartnoma kreditlarning
foizlari har bir bank uzaytirilgan kreditlarning foizlarini boshqalari
kabi bir xil hisobga oladi. Shuning uchun bankka qancha kam bo'lsa,
o'shancha rivojlanishi ko'p bo'ladi hamda bankning bankrot bo'lishi
ham kam bo'ladi,To'lovliligi - kreditlashning boshqa prinsiplari kabi asosiy
tamoyili hisoblanadi. To'lovlilikni quyidagicha tushunish mumkin,
kreditor tomonidan berilayotgan kredit boshlangan muddatdan keyin
o'sha miqdordan ko'proq miqdorda qaytarib berilishi. Amaliyotda
kreditda foydalanganlik uchun foiz o'rniga ishlatiladi. Kredit okivchi
tomonidan beriladigan kreditdan foydalanganlik uchun foiz kreditdan
ta'minlanganligini ifodalaydi, ya'ni foiz kam bo'lsa, ishonarli va
aksincha bozor iqtisodiyoti sharoitini erkinlashtirish sharoitida kreditdan foydalanganlik uchun foiz unga bo'Igan talab va taklifdan kelib
chiqqan holda belgilanadi. Bulardan tashqari, foiz darajasi bank va
davlatning iqtisodiyotini pasaytiradigan darajada past hamda kredit
oluvchining iqtisodiy faoliyatini rivojlantirishga to'siq bo'la oladigan
va foyda ololmaydigan darajada yuqori bo'lmasligi kerak. Yuqorida
aytib o’tilgan ikki ko’rinish kreditdan foydalanilganlik uchun foiz
darajasining chegaraviy chizig'i hisoblanadi.Hozirgi sharoitda kredit va kredit resurslar bozoridagi o'zgarishlarfoiz tavakkalchilikning banklari uchun jiddiy muammo bo'lib turibdi.Kreditdan foydalanganlik uchun foiz tavakkalchiligi — bu inflyatsiya darajasida berilgan kreditlar va ularning foizlari muddati
tugaguncha o'zini qoplamasligi, ya'ni o'sha miqdorning sotib olish
qiymatini qaytarilib berish miqdoridan ancha past bo'lishi bankning
marjasi juda past darajada bo'lishi va bankning inqirozga uchrash
darajasi ortib ketishidir.Bank marjasi - farq degani bo'lib, unda har xil turdagi omonatlarva boshqalarning foiz bilan ular kreditga beriladigan foiz miqdori
orasidagi farq hisoblanadi.Kreditning ta'minlanganligi — bu tamoyil kredit paydo bo'lgandan boshlab yuritiladi. Garov orqali kreditlash — bunda kreditlar kredit oluvchi tomonidan moddiy resurslar va aktivlar bilan garovlanadi. Bugungi kunda aktivlar kredit oluvchilar qo'lida qoldirilishiva ulardan foydalanish huquqi berilgan.
Kredit tizimini ko'rib chiqayotganda, kredit murakkab iqtisodiy
munosabatlarga asoslanganligini hisobga olish zarur. Hozirgi sharoitda,
ya'ni O'zbekiston bozor iqtisodiyoti sharoitiga o'tishda ushbu iqtisodiy
munosabatdan foydalanish yaxshi samara beradi. Bozor iqtisodiyotiga
asoslangan mamlakatlarda ham kredit siyosati bir xil bo'lmasa ham
lekin asosiy tamoyillari bir xil. Bu tamoyillarga Markaziy va boshqa
turdagi faoliyat ko'rsatuvclii bank vazifalari kiritilgan hamda Markaziy
bankning boshqa banklar ustidan faoliyatini nazorat qilishi va yo'lga
qo'yilishi kiradi. Markaziy banklar tijorat hamda boshqa turdagi
banklar bilan raqobat qilmasliklari lozim, aksincha ular ustidan nazorat o'rnatilishi lozim.Bozor iqtisodiyotiga asoslangan rivojlangandavlatlar kredit tizimida bank tashkilotlari bilan bir qatorda moliyakredit muassasalari ham faoliyat ko'rsatadi. Bularjumlasiga quyidagilarni keltirish mumkin: sug'urta tashkilotlari, pensiya fondlari, investitsiya fondlari, moliya kompaniyalari va boshqalar.
Investitsiyalarni moliyalashtirishda bank krediti ishtirokini mavhum tarzda, iqtisodiyotda joriy etilgan huquqiy meyorlar va o'tkazilayotgan investitsiya siyosatidan, investitsiya faolligi darajasi hamdamoliyalashtirishda qo'llaniladigan mexanizmlardan, amaldagi soliqqatortish talablaridan, kafolatlar va imtiyozlar tizimi hamda bankmoliya infratuzilmasining rivojlanganlik darajasidan ayri holda baholab bo'lmaydi. Iqtisodiyotning real sektorlaridagi investitsiyalarni
moliyalashtirish manbalari tarzida bank kreditining roli, asosan
jamg'armalarning o'sish sur'ati, pul, valuta hamda kapital bozorlarining holati bilan aniqlanadi va belgilanadi.O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 6-apreldagi«Bank tizimining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va investitsiyaviy faolligini kuchaytirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi PQ-1317-
sonli Qaroriga asosan:Ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologikjihatdan qayta yangilash bo'yicha investitsiya loyihalarini amalga
oshirishda tijorat banklarining ishtirokini yanada faollashtirish maqsadida 2010-yildajami 3,2 trln. so'mlik kredit resurslarini ajratish belgilab
berilgan. 2010-yilda tijorat banklari tomonidan korxonalar va
tarmoqlarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta
jihozlashga yo'naltirilgan investitsion kreditlarning miqdori 3,1 trln.
so'mni tashkil etib, yillik rejaning 96 foizi bajarildi.
Mamlakatimizda 2011-yil uchun amalga oshirish belgilab olingan
investitsiya dasturida moliyalashtirishning ahamiyatli qismi korxona
mablag'lari (36,4 foiz) hamda to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarni
jalb etish (18,5 foiz) orqali amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Tijorat banklari kreditlari va boshqa qarz mablag'lari, aholi
mablag'lari hamda Tiklanish va taraqqiyot fondi mablag'lari hisobiga
2011-yilda jami investitsion mablag'larning 29 foizi to'g'ri kelishi
nazarda tutilgan. Bundan ko'rinib turibdiki, asosiy e'tibor korxona
mablag'lari va to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar hajmi ko'lamini
oshirish va buning natijasida ishlab chiqarishning texnika va texnologik
quwatlarini modernizatsiyalash, mehnat unumdorligini oshirish orqali
aholining yuqori daromad olishiga erishish, bularning oqibatida esa
xalqimiz farovonligini oshirish maqsad etib qo'yilgan.
Shu bilan hozirgi kunda mamlakatimiz banklari tomonidan
mijozlarga ko'rsatilayotgan xizmatlar ko'lamini kengaytirish va mijozlar ishonchini yanada oshirish borasida mayjud ichki imkoniyatlardan
to'liq foydalanish vazifalari belgilab berildi.
Respublikamiz tijorat banklarining investitsion faolligi ortib bormoqda. Bu holat iqtisodiyotdagi barqarorlik va mustahkam o'sishsur'atlarining kuzatilayotganligi bilan bevosita bog'liq bo'lmoqda.Ammo umumiy investitsiyalaming o'sish tendensiyasiga nisbatanmoliyalashtirishning istiqbolli manbalaridan biri bo'lgan tijorat banklarining investitsiyalami moliyalashtirish bo'yicha hissasi nisbatan
past darajada qolmoqda.Ma'lumki har bir korxona xo'jalik faoliyatini yuritar ekan turli xilsoliqlar to'lashi kerak. Bu soliqlarning to'lashni biroz kechiktirib,
investitsion soliq krediti shaklida ishlatish mumkin. Bu kreditning muddati
1 yildan 5 yilgacha. Foiz stavkasi esa 50% dan kam va 75% dan ko'p
bo'lmasligi kerak. Bunday kreditjahon amaliyotida tez-tez uchrab turadi.
Tijorat banklarining investitsion faoliyati ularning moliyaviy salohiyatiga, ya'ni kapitalining umumiy hajmiga ham bevosita bob-liqdir.Tijorat banklari umumiy kapitallarining salmog'ini ortib borishi
mamlakat miqyosida ularning investitsion faoliyatini moliyalashtirishdagi ahamiyatining ortib borishiga olib keladi.
Prezidentimizning 2009-yil 6-apreldagi «Tijorat banklari depozitlariga aholi va xo'jJik subyektlari bo'sh pul mablag'larini jalb etishni
yanada rag'batlantirish qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida»gi
qarorlari muhim omil bo'lmoqda. Ushbu vazifadan kelib chiqqan
holda, bank tizimida aholiga ko'rsatilayotgan zamonaviy bank
xizmatlari turlarini kengaytirish, naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimini
keng joriy etish, jumladan plastik kartochkalardan foydalanishni
rivojlantirish bo'yicha aniq chora-tadbirlar ko'rib borildi.
O'z navbatida, plastik kartochkalar va terminallar yordamida
amalga oshirilgan o'tkazmalar hajmi yildan-yilga yuqori sur'atlarda
oshib borishi ko'zda tutilgandir.
Respublikamizda naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimini yanada rivojlantirish borasida ko'rilayotgan chora-tadbirlar natijasida muomalaga
chiqarilgan plastik kartochkalar soni 7,9 million donadan oshib ketdi.
Savdo va xizmat ko'rsatish shoxobchalariga o'rnatilgan hisob-kitob
terminallari soni esa 85 ming 741 taga yetdi.
Shuni takidlash lozimki, mamlakatimiz hukumati tomonidan bank
tizimida plastik kartochkalar miqdorini oshirish va aholini plastik
kartochkalar bilan hisob-kitoblarini amalga oshirishni rag'batlantirish
borasida bir qancha imtiyozlar berilmoqda.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 3-avgustdagi
PQ-433-sonli Qaroriga muvofiq, bank plastik kartochkalari va to'lov
terminallarini ishlab chiqaruvchi korxonalar 2010-yilning 1-yanvarigacha bank plastik kartochkalari va to'lov terminallarini ishlab chiqarish uchun import qilinadigan xomashyo, sarflanuvchi va butlovchi
materiallar, dasturiy ta'minot va litsenziyalar bojxona to'lovlari(
bojxona rasmiylashtiruvchi yig'imlaridan tashqari) to'lashdan ozod
etildi. O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki tijorat banklarining
Markaziy bankdagi yuridik shaxslarning jalb etiladigan depozitlari
bo'yicha majburiy zaxiralari normalarining tabaqalashtirilgan stavkalarini tatbiq etish:
• muddati 1 yildan 3 yilgacha bo'lgan depozitlar bo'yicha umumjoriy etilgan normalarning 80% miqdorida;
• muddati 3 yildan ortiq depozitlar bo'yicha — umumjoriy etilgan
normalarning 70% miqdorida. Quyidagilar:
• tijorat banklarining depozitlariga va qimmatli qarz qog'ozlariga
1 yildan ortiq muddatga joylashtirishdan olinadigan foizli daromadlari
bo'yicha yuridik shaxslar besh yil muddatga soliqqa tortishdan;
• tijorat banklari avval berilgan kreditlarni to'lash hisobiga
undirib olinadigan mulkni sotishda qo'shilgan qiymat solig'i
to'lashdan;
• lizing xizmatlari ko'rsatuvchi yuridik shaxslar 2009-yilning 1-
sentabridan boshlab uch yil muddatga foyda solig'i va lizing
operatsiyalaridan tushadigan daromadlar bo'yicha yagona soliq
to'lovidan ozod etildi.Demak, keyingi yillarda jalb qilingan depozit mablag'lari hisobigaiqtisodiyotga banklarning kredit qo'yilmalari o'sib bormoqda. Bu
kreditlarning salmoqli qismi iqtisodiyotning real sektorlariga berilganinvestitsion kreditlar hisoblanadi.Kichik biznes sohasining iqtisodiyotdagi ahamiyati uning iqtisodiyotda raqobat muhitini ta'minlash, yirik korxonalar uchun mahsulot va xizmatlar yetkazib berish, yangi ish o'rinlarini yaratish vaikkilamchi bandlikni ta'minlash, bozor tizimining moslashuvchanligini oshirish, ilmiy-texnikaviy inqilobni jadallashtirish, resurslarni ishlab chiqarishga safarbar etish, soliq tushumlari hajminingo'sishini ta'minlash, aholi daromadlari darajasini barqarorlashtirishkabi omillar bilan belgilanadi. Tadbirkorlik subyektlarini tashkil
etish tartibini soddalashtirish va faoliyat yuritishning moddiy-texnik
shart-sharoitlarini ta'minlash, kichik biznes hamda xususiy tadbirkorlik subyektlariga soliq va boshqa to'lovlar borasida yengilliklar
yaratish, hisobot topshirish tizimini takomillashtirish, kichik biznes
va xususiy tadbirkorlik subyektlarini kreditlash mexanizmini yanada
takomillashtirish, kichik biznesni rivojlantirishga xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish, ularining tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi
ishtirokini kengaytirish, ilg'or ilm-fan yutuqlariga asoslangan kichik
biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga keng yo'l ochib
berish, kichik biznes subyektlariga taqdim etilayotgan imtiyozlar
va qulay sharoitlar tizimini yanada rivojlantirish kabi ustuvor yo'nalishlar belgilab berilgan.2010-yilda kichik biznes subyektlari uchun belgilangan yagona
soliq to'lovi 8 foizdan 7 foizga pasaytirilgan bo'lsa, 201 l-yilda esa
bu ko'rsatkichni 6 foizga tushirish mo'ljallangan (4-rasm).
1 -rasmdagi ma'lumotlardan ko'rinadiki, 1996—2011-yillar mobaynida kichik biznes subyektlari uchun belgilangan soliq stavkalari 38
foizdan 6 foizga yoki 6,3 martaga qisqargan.Kelgusida tarmoq yo'nalishlariga ko'ra kichik biznes subyektlariuchun quyidagi soliq imtiyozlari belgilangan:
• 2014-yil 1-yanvargachayangidantashkil etilayotgan ta'mirlashqurilish tashkilotlari soliqlarning barcha turlaridan va ayrim majburiyajratmalarni to'lashdan ozod qilingan;
• 2012-yilning 1-yanvarigacha go'sht va sutni qayta ishlashga
ixtisoslashgan mikrofirmalar hamda kichik korxonalar uchun yagona
soliq to'lovi stavkasi 50 foizga kamaytirilgan, chetdan olib kelinadigan
texnologiya uskunalari bojxona to'lovlaridan ozod qilingan;
• 2012-yilning 1-yanvarigacha 15 xildagi nooziq-ovqat iste'mol
tovarlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan mikrofirmalar va kichik
korxonalar foyda solig'i, mulk solig'i hamda yagona soliq to'lovlaridan
ozod qilingan;
• 2012-yilning 1-yanvargacha Respublika yo'l jamg'armasiga
majburiy ajratmalar to'lashdan; ishlab chiqarishda foydalaniladigan
uskunalarini import qilishda bojxona to'lovlaridan ozod qilingan.
Investitsiyalarni moliyalashtirish ayrim manbalarining o'rni va
roli, ko'p jihatdan makroiqtisodiy muvozanat hamda o'sish barqarorligi, mulkchilik shakllarining rivojlanish darajasi va o'zaro nisbatlari,

Yüklə 42,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin