QIMMATLI QOG'OZLAR PORTFELI TURLARI Jahon amaliyotida «investitsiyalar» atamasining mamlakat ichida
va xorijiy mamlakatlarda real hamda moliyaviy investitsiyalar shaklida
uzoq muddatli kapital kiritish sifatidagi talqini keng tarqalgan bo'lib,
real investitsiyalar bu - kapitalni moddiy va nomoddiy aktivlarga
kiritish hisoblanadi, moliyaviy investitsiyalar esa moliyaviy aktivlarda
investitsiyalarni ifodalaydi.Qimmatli qog'ozlar bozorida tartibga solishning asosiy vazifalaridan biri — investorlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishdir.
Bu vazifani tegishli davlat va nodavlat muassasalari hamda investorlar
bilan birgalikda belgilangan tartibda amalga oshiradi, qimmatli qo-
ozlarga investitsiya qiluvchi investorlarning maqsadi daromad olish
bo'lib, shu bilan birga ular moliya bozorini kapital oqimi bilan
ta'minlaydi, investitsion bozorda kapital aylanishi likvidligini tezlashtiradi, ishlab chiqarishni rivojlantiradi, bu orqali esa umumiy iqtisodiyotga ijobiy ta'sir ko'rsatiladi.Qimmatli qog'oz mulkiy munosabatlarni ifoda etuvchi va biron
bir mulkka yoki pul summasiga bo'lgan huquqni tasdiqlovchi hujjat
bo'lib, bu mulk va pul tegishli hujjatni taqdim etmay turib sotilishi
yoki boshqa shaxsga berilishi mumkin emas. Qimmatli qog'ozlarning
asosiy xususiyati o'z egalariga muntazam ravishda yoki bir martalik
daromad keltirishdan iborat.Qimmatli qog'ozlar ikki guruhga bo'linadi:
— birgalikda egalik qilish munosabatlarida vosita bo'ladiganqimmatli qog'ozlar
— aksiya va paylar;kredit munosabatlarida vosita bo'ladigan qimmatli qog'ozlar
— obligatsiyalar, veksellar, depozit va investitsiya sertifikatlari, ipoteka
va boshqalar.Aksiya — qimmatli qog'oz bo'lib, uning egasi aksiyadorlarjamiyatining sarmoyasida ishtirok etayotganini tasdiqlaydi hamda shu jamiyatfoydasininig bir qismini dividend tarzida olish, jamiyatni boshqarishda,
uning foydasida ishtirok etish va jamiyat tugatilganda uning mulki
qoldig'ini tasdiqlashda qatnashish huquqini beradi.
Bu shartlar O'zbekiston Respublikasining «Qimmatli qog'ozlar
va fond birjasi to'g'risida» gi qonunning 4-moddasida ko'rsatilgan.
Aksiyalarni chiqaruvchi hissadorlik jamiyatlari emitentlar deb
ataladi.Qimmatli qog'ozlar chiqarish huquqiga ega bo'Igan boshqa
tashkilotlar ham emitent bo'lib hisoblanadi.Aksiyalarning nominal qiymati 100 so'mdan kam bo'lmasligikerak.Aksiyalar bo'linmasdir.Ular quyidagi turlarda bo'ladi:
— egasi yozilgan va taqdim etuvchiga tegishli;
— imtiyozli va oddiy.Taqdim etuvchiga tegishli aksiyaning egasi uni saqlovchi debham yuritiladi va boshqa shaxslar egaligiga ro'yxatsiz beriladi.
Obligatsiyalar turi quyidagicha:
— Respublika ichki va mahalliy zayomlarining obligatsiyalari;
— korxonaning obligatsiyalari.Obligatsiyalar oddiy va yutuqli, foizli hamda foizsiz, erkin muomalada yuritiladigan yoki muomala doirasi cheklangan qilib chiqarilishi mumkin.