haydovchilami o ’qitish (xafvsizlik maqsadida) ,kimyoviy
zararlardan
ogohlantirish, mehnat muhofazasi va hokazo.
4. Zarami kamaytirish (Loss reduction). Bu usulning mohiyati
zararlami kamaytirishga qaratilgan. Bu usuldan quyidagi hollarda
foydalanish mumkin:
•
Zarar ehtimoli katta bo’lishi;
•
Qaltis, lekin zarar yuzaga kelish ehtimoli katta emas.
Misol uchun qaltislikni bo’lish/ajratish usuli. YOng’in xavfidan zarar
ehtimolini hajmini kamaytirish maqsadida bitta katta omboming o ’miga
ikkita kichik ombordan foydalanish mumkin, agarda bunda xarajatlar
kutilayotgan zararlardan kam bo’lsa bu usulni iqtisodiy tarafdan qo’llasa
bo’ladi.
5. Sug’urtalash (Incurance). Bu usul qaltislik boshqaruvida eng ko’p
qo’llaniladigan usullardan biridir. Uning mohiyati
shundaki, firma m a’lum
qaltisliklami sug’urta kompaniyasiga beradi va agar bular sodir bo’lganda
sug’urta firmasi ko’rilgan zarami qoplaydi. Quyidagi hollarda firma uchun
bu usulni qo’llash m a’quldir:
•
Agar qaltislik mavjud bo’lsa, zarami ehtimoli yuqori emas, ammo
zarami ehtimoli yuqori darajada bo’lsa. SHuni nazarda tutish kerakki,
firmada qaltisliklar bir xil turda va ko’p bo’lsa, ularni sug’urta
kompaniyasi orqali sug’urtalash yo’li bilan emas, balki sug’urta badallarini
firma ichida joriy etish orqali boshqarish mumkin.
•
Qaltislik mavjud, zarar bo’lishi ehtimoli yuqori, ammo zarar
miqdori kam bo’lsa.
Sug’urta asosan baxtsiz hodisa yuz bergan hollarda juda zarurdir. Ko’p
hollarda sug’urta qaltislik boshqaruvida
yagona usul hisoblanadi, ba’zida
esa qonun tomonidan majburiy qilib qo’yiladi (avtomobillarni sug’urtalash
bunga misol).
6. O ’z-o’zini sug’urta qilish (Self-insurance) usuli ya’ni zararlami
qoplashga qaratilgan shaxsiy sug’urta fondlarini tuzishga qaratilgan. U
qaltislik boshqaruv usuli sifatida quyidagilarga sharoit yaratadi:
•
Zararni qoplash imkoniyatlarini oshirish;
•
Sug’urta fondlarini investitsiya qilish orqali firma foydaliligini
oshirish.
168
Keptiv sug’urta - bu nosug’urta tashkilotlari guruhiga kiruvchi sug’urta
tashkilotidir - sanoat, sanoat-moliyaviy,
moliyaviy guruhlar va hamma
guruh qaltislarini sug’urta qiladi.
7.
Qaltislikni boshqaga o ’tkazish (Risk transfer) usuli shuni anglatadiki
firma o ’zidagi ehtimoliy qaltislik , zarami boshqa firmaga o ’tkazadi.
Buning bir turi sug’urta, firma sug’urta badalini to ’laydi va qaltislik
sug’urta kompaniyasiga o ’tadi. Bundan tashqari qaltislikni o ’tkazishning ,
ijara, hold-harmless tipidagi kelishuvlari kabi ko’rinishlari mavjud.
Xedjirovanie(hedging) - sug’urta bilan bog’liq bo’lmagan narx
bo’yicha qaltisliklami berish. Buning m a’nosi bozorda narxlarning
o ’zgarishi
xisobidan
keladigan
foyda
va
zararlarni
chegaralash
hisoblanadi. Xedjirovanie savdo auktsionlari,
fyuchers va forvard
shartnomalari orqali joriy qilinadi va qaltislik menejmentining ajralmas
qismi bo’lib qoladi.
Ijara usuli mulkni ijaraga olgan kishi uchun uning eskirish qaltisini
mulk egasiga qoldirish imkonini yaratadi. Odatda bunday qaltislik uchun
to ’lov ijara haqi tarkibiga kiritiladi.
Hold-harmless tipidagi kelishuvlar (ushlovchi uchun zararsiz) zararlar
bo’lishiga tuziladi. Bunda bir tomonda zarar yuzaga kelganda,
ikkinchi
tomonning qaltisligini o ’ziga olishi bo’yicha kelishuv bo’ladi.
YAna shuni ham aytish mumkinki, davlat tomonidan ham firmalar
qaltisligini
kamaytiruvchi
siyosatlar
yuritiladi.
Masalan,
m a’lum
sharoitlarda majburiy sug’urta, iqtisodiy-ijtimoiy qaltislik juda yuqori
faoliyatlar bilan shug’ullanishni cheklash va hokazo.
Bu usullami qaysi birini qo’llash yoki qo’llamaslikda iqtisodiy tamoyil
shundaki shu usulga xarajatlar undan keladigan qo’shimcha foydadan kam
bo’lishi kerak.
Dostları ilə paylaş: