Investitsiya loyihalari tahlili


Iste’m ol tejam i ko’rsatkichini loyihada



Yüklə 3,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/104
tarix14.10.2023
ölçüsü3,82 Mb.
#155238
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   104
portal.guldu.uz-INVESTITSIYA LOYIHALARI TAHLILI

Iste’m ol tejam i ko’rsatkichini loyihada
aniqlash/hisoblash m uam m olari
K o’pgina investitsiya Ioyihalari natijasida iste’mol tovarlari va 
xizmatlarining baholari pasayadi. CHunki bunday loyihalar ta’minotni 
yaxshilaydi va tovarlar taqchilligiga barham beradi (masalan, yo’llaming 
yaxshilanishi 
yo’l 
xarajatlarini 
pasaytiradi). 
Baholar pasayishidan 
iste’molchilar manfaat ko’radilar, chunki loyihani amalga oshirishi 
natijasida tejalgan resurslardan boshqa maqsadlarda foydalanish mumkin.
Iste’mol tejami = iste’molchi tovar va xizmat uchun to ’lashga tayyor 
bo’lgan summa - haqiqatdan sarflangan summa.
Iste’mol tejami qo’shimcha mahsulot faqat uning narhi pasaytirilgan 
sharoitda sotilgandagina paydo bo’ladi. Bunday vaziyat ko’proq tartibga 
solinadigan bozorlar uchun xos.
Masalan, 
O ’zbekistonda 
2009-2010 
yillarda 
avtobobillarning 
narhlarini ichki bozomi to ’lib borishi bilan pasayib borishi. Agar Nexcia 
rusumli avtomobilning narhi 2007-2008 yillarda 18 000 dollargacha 
ko’tarilib u 2009 yildan 10 000 dollargacha narhini pasaygani dalil bo’la 
oladi. Iste’molchilaming tejami xar bir avtobobildan 8 000 AQSH 
dolarigacha ortganini aniqlashimiz mumkin.
Ayrim hollarda paydo bo’lgan iste’mol tejamini aniqlash oson 
bo’lsada, ko’pincha buni (masalan, umumiy elektr tarmog’iga ulangan 
zavod 
uchun 
o ’z 
elektrostantsiyasidan 
olingan 
qimmat 
elektr 
energiyasidan voz kechishi hisobiga olgan tejamni) hisoblash ancha qiyin 
bo’ladi.
Amaliyotda olingan iste’mol tejami e ’tiborga olinmaydi va loyihadan 
olingan manfaat (hisoblash oson bo’lgan) iste’molchilardan olinadigan 
to’lovlarga tenglashtiriladi. Ammo iste’mol tejami iqtisodiy manfaatning
160


muhim qismi bo’lganligi tufayli, uni hisobga olmaslik ancha kam qilib 
ko’rsatishga olib keladi.
Agar iste’mol tejamining taqribiy miqdorini olishga ham imkon 
bo’lmasa, loyiha variantlarini taqqoslayotganda bu hoi e ’tiborda tutilishi 
kerak. Ayrim loyihalarni amalga oshirish natijasida «loyihasiz» holatga 
nisbatan mahsulot hajmi 
shunchalik ko’payadiki, 
u baholaming 
pasayishiga olib keladi. Bunday hollarda pasaygan baholardan foydalanish 
qo’shimcha 
mahsulotdan 
keladigan 
iqtisodiy 
manfaat 
etarlicha 
baholanmasligiga sabab bo’ladi (chunki iste’molchilar u uchun ko’proq 
to ’lashga tayyor edilar). «Loyihasiz» holatga nisbatan loyiha natijasida 
baholar pasayishi iste’mol tejamini oshiradi va bu hoi iqtisodiy tahlilda 
e ’tiborga olinishi lozim. Odatda, bu fikrlar tovarlar va xizmatlar umumiy 
taklifmi keskin o ’zgartirishga qodir bo’lgan juda yirik loyihalarga nisbatan 
tegishli bo’lgandagina ahamiyatga ega bo’ladi.
Tashqi samaralar
Tashqi samaraga quyidagi bir misolni keltirish mumkin. 2006-2007 
yillarda neftning jahon bozoridagi narhini keskin ko’tarilishi natijasida 
bio-yoqilg’i ishlab chiqrish Braziliya va boshqa mamlakatlarda kuchaydi. 
Ular qishloq xo’jaligi va oziq - ovqat mahsulotlari eksportini kamaytirib, 
ularni bio-yoqilg’i xom ashyosi sifatida ishlatishni ko’paytirdilar. Natijada 
jahonning ko’plab mamlakatlarida oziq ovqat taqchilligi muammosi kelib 
chiqdi.
Tashqi samara loyihaning loyiha doirasida xarajatlarga ham, 
manfaatlarga ham kirmaydigan, shu tufayli moliyaviy hujjatlarida aks 
etmaydigan natijalari tashqi samaralar, deb ataladi. Ammo bunday 
samaralar jamiyatning boshqa a ’zolariga salbiy yoki ijobiy ta ’sir ko’rsatsa 
yoki mamlakat oldida turgan maqsadlarga erishishga xizmat qilsa, ulami 
iqtisodiy tahlilda hisobga olish zarur.
Tashqi xarajatlarga misol tariqasida to’g ’onlar qurilishi natijasida 
ekin maydonlarining suv ostida qolishi, atrof-muhitning ifloslantirilishi, 
sug’orish tizimining aholi sog’lig’iga va baliqchilik xo’jaliklariga ta’sirini 
keltirish mumkin. Tashqi manfaatlarga - o'qitish jarayonida olingan 
bilimlarni keltirish mumkin.
161


YAngi texnologiyalarni 
qo’llash uchun bir loyiha bo’yicha 
uskunalami import qilish ikkinchi loyiha uchun bu jarayonlar arzon va 
oson kechishiga olib kelishi mumkin. Bunga birinchi loyihada ishtiroq 
etgan mutaxassislami jalb etish orqali erishiladi. Tashqi manfaatlarga 
shuningdek ta’lim darajasi ortishi natijasida tug’ilish sur’atlarining 
pasayishini, transport tizimining rivojlanishi natijasida ishchi kuchi 
harakatchanligining kuchayishini va hokazolami misol qilib keltirish 
mumkin.
Loyihalarning barcha tashqi samaralarini hisobga olib o ’lchab 
bo’lmaydi, shu sababli ularning eng muhimlarini hisobga olish hamda 
ichki samaralar qatoriga kiritishga harakat qilish zarur. Masalan, to ’g ’on 
qurilishi er osti suvlari sathi ko’tarilishiga olib kelsa, loyihaga drenajlar 
qurish vazifasini ham kiritish zarur.
Ayrim loyihalarning tashqi samarasi tarkibiga xalqaro samara ham 
kiradi. Masalan, eksportni oshirishga qaratilgan loyiha natijasida mahsulot 
narhi jahon bozorida pasayishi mumkin. Bundan import qiluvchilar 
manfaat ko’rsa, shu turdagi mahsulotni eksport qiluvchi boshqa davlatlar 
zarar ko’radilar va hokazo. Iqtisodiy tahlilda asosan mamlakat ichidagi 
manfaat va xarajatlargina ko’rib chiqiladi. Xalqaro loyihalarda esa barcha 
ishtirokchi davlatlaming foyda-zararlari hisobga olinishi lozim.

Yüklə 3,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin