Investitsiya loyihalarini moliyalashtirishning manbalari va usullari
12,7
10,7
9,0
9,0
8,1
7,4
5,1
Chet el investitsiyalari
19,2
19,0
22,8
25,8
32,4
28,8
25,3
Korxonalar va aholi mablag’lari
60,3
60,0
59,0
53,9
46,9
47,3
49,0
Boshqa manbalar
7,8
10,3
9,2
11,3
12,6
16,5
20,6
yil uchun qabul qilingan O’zbekistonning investitsiya dasturida byudjet mablag’lari hisobidan jami 950 milliard so’mlik mablag’ ajratilishi ko’zda tutilgan edi, olib borilgan iqtisodiy siyosat natijasida, 2012 yil 1 yanvar holatiga ko’ra byudjetdan 1101,7 milliard so’m mablag’ o’zlashtirildi. Bu esa prognoz qilingan mablag’dan 116 foizga ko’p demakdir. Bunga, albatta, byudjet daromadlarining oshgani va moliya-iqtisod sohasining to’g’ri, oqilona olib borilgani mustahkam zamin bo’ldi.
yilda Ta’lim muassasalarini rekonstruktsiya qilish, kapital ta’mirlash va jihozlash jamg’armasi hisobidan jami 162,1 milliard so’m, shundan kapital ta’mirlash va rekonstruktsiya qilish uchun 75,2 milliard so’m mablag’ ajratilishi rejalashtirilgan edi. Amalga oshirilgan aniq tadbirlar natijasida 2012 yilda: Farg’ona viloyatida 540 o’quvchi o’rniga mo’ljallangan bitta akademik litsey; Qoraqalpog’iston Respublikasi va Jizzax viloyatida 1170 o’quvchi o’rniga ega bo’lgan 2 ta kasb-hunar kolleji; Andijon, Navoiy va Sirdaryo viloyatlarida 450 nafar talabaga mo’ljallangan talabalar turar joylari; Namangan, Toshkent va Xorazm viloyatlari kasb-hunar kollejlari uchun laboratoriyalar, shuningdek, 38165 o’quvchi uchun mo’ljallangan 118 ta umumta’lim maktabi qurilib, foydalanishga topshirildi.
Hukumatimiz tomonidan qulay investitsiya siyosatini olib borish maqsadida quyidagi tamoyillarga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda: tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada erkinlashtirish; respublika iqtisodiyotiga to’g’ridanto’g’ri kapital qo’yilmalarning keng jalb qilinishini ta’minlovchi huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa sharoitlarni yanada takomillashtirish; yurtimizga jahon darajasidagi texnologiyalarni olib kiruvchi, milliy xo’jalikning zamonaviy tuzilmasini tashkil etishga ko’maklashuvchi chet el investorlariga nisbatan qulay sharoitlar yaratish siyosatini izchil olib borish; eng muhim ustuvor yo’nalishlarga mablag’larni yo’naltirish.
XULOSA
Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish qiymatini baholashning zaruriyati, eng avvalo, ishlab chiqarish kuvvatlarining jismoniy va ma’naviy eskirganligida, ularni qayta tiklashga yoki texnik jihatdan qayta jihozlashga yoki umuman yangilashga ehtiyoj mavjudligida; O’zbekistonning tabiiy boyliklarga boyligi va bu erda ko’plab qayta ishlovchi korxonalarni qurish imkoniyatining mavjudligida; aholi sonining o’sib borayotganligi (mehnat resurslari) va ishsizlik muammosini hal etishda ko’maklashishda; respublika eksport salohiyatini oshirishda namoyon bo’ladi.
"Investitsion loyiha" tushunchasi investitsion hujjatlar to’plami bo’lib, investitsiyalar bilan ta’minlangan, investitsiyalar jalb qilgan har qanday tadbirlar yig’indisi sifatida anglanadi. Investitsion loyihaning amalga oshirilish ko’lami, miqdori va dinamikasiga qarab mamlakatning iqtisodiy o’sish darajasi va holatini baholash mumkin.
Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish manbalari qiymatini baholashni tadqiq etish natijasi ularning uch guruhga bo’linishini ko’rsatdi: investorlarning o’z resurslari (foyda, amortizatsiya ajratmasi, huquqiy shaxslar va fuqarolarning pul jamg’armalari va badallari, aktsiyalardan tushgan mablag’lar va boshqalar); investorlarning qarzga olgan resurslari (tijorat banklari kreditlar, obligatsiyali, sertifikatli, vekselli va boshqa xil qarzlar, byudjet ssudalri); byudjetning investitsion resurslari (respublika va mahalliy byudjet mablag’lari).
O’zbekistonda investitsiya loyihalarini moliyalashtirish manbalari qiymatini baholashning xususiyatlaridagi muammolarni umumlashtirib, quyidagilarni alohida ta’kidlab o’tish maqsadga muvofiqdir: