5-jadval O’zbekiston iqtisodiyotida asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning mulkiy tuzilishi (%)6
Investitsiyalarning mulk shakllari bo’yicha taqsimlanishi
1995 y
2000 y
2004 y
2006 y
2009 y
2012 y
1. Davlat mulki
55,1
63,9
39,7
33,1
23,9
23,4
2. Nodavlat mulki
44,9
36,1
60,3
66,9
76,1
81,5
jumladan:
– fuqarolar xususiy mulki
11,3
15,6
13,6
13,7
12,1
17,4
– shirkatlar mulki
4,4
1,0
6,0
8,8
5,6
3,9
– xo’jalik birlashmalari mulki
21,3
12,7
24,1
26,8
25,0
27,1
– chet el fuqarolari va qo’shma korxonalar mulki
7,8
6,5
16,3
17,5
33,4
28,2
– boshqa mulklar
0,1
0,3
0,3
0,1
–
–
5-jadval ma’lumotlaridan ko’rinadiki, 2000-2012 yillarda respublikamizda asosiy kapitalga qilingan investitsiyalarning umumiy hajmida davlat mulkining ulushi pasayish tendentsiyasiga ega bo’lgan. Bu esa, asosan, aholi va korxonalarning investitsion xarajatlarni moliyalashtirishga yo’naltirgan mablag’lari hajmini mazkur davrda yuqori sur’atlarda oshganligi bilan izohlanadi. Masalan, 1995 yilda asosiy kapitalga qilingan investitsiyalarning umumiy hajmida aholi mablag’larining hajmi 11,3 foizni tashkil etgan bo’lsa, 2012 yilda mazkur ko’rsatkich 17,4 foizni tashkil qildi. Mazkur davrda korxonalar mablag’larining asosiy kapitalga qilingan investitsiyalar hajmidagi salmog’i mos ravishda 21,3 va 27,1 foizni tashkil etdi.
6- jadval Moliyalashtirish manbalari bo’yicha asosiy kapitalga yo’naltirilgan investitsiyalarning tarkibi7, foiz hisobida
Moliyalashtirish manbalari
2005 y.
2006 y.
2007 y.
2008 y.
2009 y.
2010 y.
2011 y.
2012 y.
2013 y.
Davlat byudjeti
12,7
10,7
9,0
9,0
8,1
7,4
5,1
4,5
4,8
Chet el investitsiyalari
19,2
19,0
22,8
25,8
32,4
28,8
25,3
25,5
23,2
Korxonalar va aholi mablag’lari
60,3
60,0
59,0
53,9
46,9
47,3
49,0
42,6
46,6
Boshqa manbalar
7,8
10,3
9,2
11,3
12,6
16,5
20,6
27,4
25,4
Jadval ma’lumotlaridan ko’rinadiki, moliyalashtirish manbalari bo’yicha asosiy kapitalga yo’naltirilgan investitsiyalar hajmi 2003 yilga nisbatan, 2011 yilda markazlashgan investitsiyalar salmog’i markazlashmagan investitsiyalarni nisbatan kamayib borgan.
2.2. Investitsiya loyihalarini markazlashgan va markazlashmagan
investitsiyalar hisobiga moliyalashtirish amaliyoti tahlili
Mamlakatimizda iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash bo’yicha keng ko’lamli islohotlarni amalga oshirishda birinchi navbatda ichki imkoniyatlardan foydalanishga xarakat qilinmoqda. Xususan, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash bo’yicha amaldga oshirilayotgan yirik va strategik investitsion loyihalarni moliyalashtirishda davlat byudjetining ham ahamiyati yuqori bo’lmoqda.
Korxonalarni texnik va texnologik yangilash, modernizatsiya qilish va yangi ishlab chiqarish ob’ektlarini qurish, shu orqali yangi ish o’rinlarini shakllantirish, mamlakat iqtisodiyotining barqaror va dinamik rivojlanishini ta’minlash uchun yo’naltirilgan investitsiya loyihalarni amalga oshirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 21 noyabrda “O’zbekiston Respublikasining 2013 yilga mo’ljallangan investitsion dasturi to’g’risida”gi 1855-sonli Qarori qabul qilingan bo’lib, ushbu dasturda belgilangan kapital qo’yilmalarni moliyalashtirish manbalari tarkibida davlat byudjeti va byudjetdan tashqari fondlarning ahamiyati katta bo’lmoqda. Buni quyidagi -jadval ma’lumotlari orqali ko’rishimiz mumkin.
O’zbekiston Respublikasining 2013 yilgi Investitsiya dasturi doirasida Iqtisodiyot vazirligi tomonidan Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar, idoralar va xo’jalik yurituvchi sub’ektlar bilan birgalikda 27 123 275 million so’m mablag’ o’zlashtirilishi ko’zda tutilgan. Bu mablag’lar, asosan, qurilish, qayta ta’mirlash va jihozlash kabi ishlarga yo’naltiriladi. Shu sababli ham kapital qurilishning amaldagi holatini tahlil qilishdan avval, Investitsiya dasturining asosiy parametrlari bilan tanishib chiqish maqsadga muvofiqdir. Mazkur mablag’lar o’tgan yildagidan 3442574 million so’mga ko’pdir. 2013 yil uchun investitsiya dasturida mo’ljallangan kapital qo’yilmalarning hajmi, oldingi yilga nisbatan deyarli barcha manbalar bo’yicha o’sgan. Shuningdek, markazlashgan investitsiyalar 950474 million so’mga ortib, umumiy kapital qo’yilmalardagi ulushi 24,7 foizni tashkil qilgan. 2013 yilda markazlashgan investitsiyalar tarkibida eng salmoqli hissa, avvalgi yillardan farqli o’laroq, byudjetdan tashqari fond mablag’lariga to’g’ri kelib, bu manba o’tgan yilga nisbatan 444 973 million so’mga ortgan. Markazlashmagan investitsiyalar ham 2493101 million so’mga o’sgan va umumiy kapital qo’yilmalardagi ulushi 75,3 foizni tashkil qilgan.
Prezidentimiz Islom Karimov rahbarligida ishlab chiqilgan 2009-2012 yillarga mo’ljallangan Inqirozga qarshi choralar dasturining samarali ijrosini ta’minlashda Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi alohida rol o’ynamoqda.
Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasini tashkil qilinishi real sektorning etakchi tarmoqlarini modernizatsiya qilish va texnik qayta qurollantirish, samarali tarkibiy islohotlarni amalga oshirish va investitsiya siyosatini moliyaviy ta’minlashning samarali manbalari shakllanishiga olib keldi. Ayniqsa, ushbu jamg’arma inqirozga qarshi choralar dasturida belgilangan chora-tadbirlar ijrosini izchil ta’minlashda alohida ahamiyat kasb etmoqda.
9-jadval ma’lumotlariga binoan jamg’arma mablag’lari hisobidan 2012 yilda jami 732,8 million dollar hajmidagi loyihalar moliyalashtirilishi ko’zda tutilgan bo’lib, jami moliyalashtirish manbalari tarkibida jamg’arma mablag’larining ulushi 34,9 foizni tashkil etadi.
Yangi qurilish loyihalari uchun 259,0 million dollar mablag’ ajratilishi ko’zda tutilgan ushbu yo’nalishdagi jami loyihalarni moliyalashtirish manbai tarkibida jamg’armaning ulushi 45,8 foizni tashkil etadi. Modernizatsiya va qayta ta’mirlash loyihalari uchun esa 473,8 million dollar mablag’ jalb qilinishi ko’zda tutilgan bo’lib, bu jami moliyalashtirish manbalari tarkibida 30,9 foizni tashkil etadi.
Yuqoridagi ma’lumotlar asosida xulosa qilish mumkinki, jahon moliyaviy iqtisodiy-inqirozi sharoitida respublikamizda kuzatilayotgan makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy o’sish suratlarini ta’minlashda, mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy islohotlar, aholining turmush farovonligini oshirishda davlatning moliyaviy qo’llab-quvvatlashning ahamiyati beqiyos bo’lmoqda. Bu, o’z navbatida, davlat tomonidan moliyalashtirish tizimida amalga oshirilayotgan izchil islohotlarning amaldagi yaxlit ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar bilan uyg’un ravishda olib borilayotganining natijasidir.
Barchamizga ma’lumki, o’tgan 2011 yilda faoliyat ko’rsatayotgan korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash hamda zamonaviy, yuksak texnologiyalarga asoslangan yangi ishlab chiqarishni tashkil etishni tezlashtirish borasida O’zbekistonning o’ziga xos taraqqiyot yo’lini o’zida mujassam etgan O’zbek modelining eng muhim tamoyillaridan biri bo’lgan davlatning bosh islohotchi ekani haqidagi printsipdan kelib chiqib, davlat tomonidan oqilona, faol investitsiya siyosati olib borildi. Buni o’zlashtirilgan kapital qo’yilmalar miqdoridan ham bilib olish mumkin. Raqamlarga e’tibor qaratadigan bo’lsak, 2011 yilda moliyalashtirishning barcha manbalari hisobidan qiymati 10 milliard 800 million dollardan ortiq kapital qo’yilmalar o’zlashtirildi, bu 2010 yilga nisbatan 11,2 foiz ko’p demakdir8. Iqtisodiyotimizga kiritilayotgan investitsiyalarning yildan-yilga o’sib borishida yurtimizdagi mavjud investitsion sharoit va qulay investitsiya muhiti alohida ahamiyat kasb etayotganini ta’kidlash joiz.
Statistik tahlillarni milliy valyutimiz misolida davom ettiradigan bo’lsak, rasmiy ma’lumotlarga ko’ra, 2011 yilning yanvar-dekabr oylarida 18291,3 milliard so’mlik kapital qo’yilmalar o’zlashtirilgan. Investitsiyalarning umumiy hajmida markazlashgan investitsiyalar 17,5 foizni (3198, 7 milliard so’m), investitsiyalarning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi esa 23,9 foizni (6.1.2-rasm) tashkil etgani ham mamlakatimizda investitsiya jarayonlarining jadal faollashib borayotganini ko’rsatadi.
Mamlakatimiz iqtisodiyotiga jalb etilayotan investitsiyalar manbalari va ulardan foydalanish borasida ijobiy sifat o’zgarishlari ro’y bermoqda. Moliyalashtirish manbalari tarkibiga to’xtaladigan bo’lsak, 2011 yilda umumiy investitsiyalar hajmida davlat byudjeti mablag’lari 5,1 foiz; chet el investitsiyalari 25,3 foiz; korxonalar va aholi mablag’lari 49 foizni tashkil etgan. 10-jadval 2005-2011 yillarda investitsiyalar tarkibining o’zgarishi9, foizda