Investitsiya loyihalarini moliyalashtirishning manbalari va usullari mundarija kirish


II BOB. MILLIY IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASH



Yüklə 222,44 Kb.
səhifə5/9
tarix12.06.2023
ölçüsü222,44 Kb.
#129169
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Investitsiya loyihalarini moliyalashtirishning manbalari va usullari

II BOB. MILLIY IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASH

SHAROITIDA INVESTITSIYA LOYIHALARINI MOLIYALASHTIRISH MANBALARI QIYMATINI BAHOLASH AMALIYOTI TAHLILI


2.1. O’zbekistonda asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarni

moliyalashtirish manbalari tahlili


Respublika iqtisodiyotining ustuvor tarmoqlarida investitsiya loyihalarini amalga oshirishning zaruriyati quyidagilardan kelib chiqadi: ishlab chiqarish quvvatlarining jismoniy va ma’naviy eskirganligi, ularning qayta tiklashga yoki texnik jihatdan qayta jihozlashga yoki umuman yangilashga oid bo’lib qolganligi; sanoat tarmog’ida moddiy texnika bazasining o’ta pastligi va ko’pgina zarar ko’rib ishlaydigan korxonalarning mavjudligi; respublika milliy daromadida jamg’arish bilan iste’mol o’rtasidagi nisbatning iste’mol tomonga ko’plab sarflanayotgani va jamg’arishning investitsiya manbai sifatida kamayib borayotganligi; O’zbekistonning tabiiy boyliklarga boyligi va bu erda ko’plab qayta ishlovchi korxonalarni qurish imkoniyating mavjudligi; aholi sonining o’sib borayotganligi (mehnat resurslari) va kichik zamonaviy ixcham korxonalarni barpo etish, ularni mehnat resurslarining manbai bo’lmish qishloqqa yaqinlashtirish zarurligi; respublika eksportida xom ashyo salmog’ini kamaytirish va ko’plab tayyor mahsulotlar chiqarish imkoniyatiga ega bo’lish zarurligi va boshqalar.
Mamlakatimizda faol investitsiya siyosati olib borilishi natijasida 2011 yilda o’nlab zamonaviy korxonalar ishga tushirildi. Jumladan, “Jeneral Motors Pavertreyn O’zbekiston” qo’shma korxonasida yuqori texnologiyalar asosida avtomobil dvigatellari ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi. Shuningdek, avtomobil generatori va kompressorlari ishlab chiqarish bo’yicha quvvatlar barpo etildi, energiyani tejaydigan lampalar ishlab chiqarish bo’yicha uchta loyiha amalga oshirildi. Shular qatorida “Zenit elektroniks” qo’shma korxonasida “Samsung” kir yuvish mashinalari ishlab chiqarish o’zlashtirildi. Ayni paytda maishiy gaz plitalari, konditsionerlar, elektr pilesoslar va bir qancha boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi. “Muborak gazni qayta ishlash zavodi” unitar sho’ba korxonasida suyultirilgan gaz ishlab chiqarish hajmini ko’paytirish maqsadida propan-butan aralashmasi qurilmasining birinchi navbatini, Samarqand viloyatida “MAN” yuk tashish mashinalari ishlab chiqarish bo’yicha yangi majmuaning dilerlik markazini bunyod etish ishlari yakuniga etkazildi. Navoiy issiqlik elektr stansiyasida bug’-gaz qurilmasini barpo etish, O’zbekiston-Xitoy gaz quvurining uchinchi yo’nalishi kabi yirik loyihalarni amalga oshirishda qurilish-montaj ishlari qizg’in pallaga kirdi.
Investitsiya faoliyatining rivojlanishida turli manabalar hisobidan mablag’larning jalb etilishi holati o’rganilishi va ular hisobiga investitsiyalarni moliyalashtirish holatining rivojlanishini tahlil qilish muhim ahamiyat kasb etadi va quyidagi jadvalda so’nggi yillarda turli manbalar hisobiga investitsiyalarning moliyalashtirilish tarkibi va uning o’zgarishi keltirilgan. (3-rasm)


Yüklə 222,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin