3-rasm. Asosiy kapitalga investitsiyalar hajmining yillar davomida o’sish dinamikasi3, foizda. 2008 yildagi o’sish sur’ati 2002 yildagidan deyarli 7,5 barobarga ziyod bo’lgan. 2008 yilda iqtisodiyotga jalb etilgan 6,4 mlrd. AQSh dollaridagi investitsiyalarning 1,7 mlrd. AQSh dollari, ya’ni 26,6 %ini xorijiy investitsiyalar tashkil etgan. 2011 yilda bu o’rsatkich 25,1 %ga teng bo’lgan va 2 milliard 900 million dollarni tashkil etga4. O’zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan davlat investitsiya siyosatining naqadar to’g’ri yo’ldan olib borilayotganligini va uning odil siyosat sifatida butun dunyo mamlakatlari tomonidan e’tirof qilinib kelayotganligi bilan ham tasdiqlamoqda.
Quyidagi rasmda 2003-2011 yillar davomida Davlat investitsiya dasturi doirasi jalb qilingan jami xorijiy investitsiyalar haqidagi ma’lumot keltirilgan:
4-rasm. Davlat investitsiya dasturlari doirasida xorijiy sarmoyalarni jalb etish dinamikasi (2003-2011 yy.)5 mln. AQSh dollar Jadval ma’lumotlari asoslanib Davlat investitsiya dasturini amalga oshirishda xorijiy sarmoyalar hajmi yildan-yilga o’sib borganligigini va 2010 yilga kelib 2003 yildagiga nisbatan qariyb 5,5 barobarni tashkil etganligini va 3284,7 mln. AQSh dollarini tashkil etganligini hamda o’sish sur’atlari ham yuksalib borganligini, 2011 yilda bu miqdor 2900 mln. AQSh dollariga teng bo’lganligini qayd etish mumkin.
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, investitsiya loyihalarinin amalga oshirish orqali iqtisodiyotda tub o’zgarishlarni amalga oshirish imkonini beradi va bu iqtisodiyotda yangi ish o’rinlarini tashkil etish va rivojlanish garovi bo’lib xizmat qiladi.
Investitsiyalarning mulkiy tuzilishi sodda ko’rinsa-da, uning tarkibida murakkabliklar mavjud. Bu, eng avval, nodavlat investitsiyalariga taalluqlidir. O’zbekistonda shakllangan nodavlat sektori ikki qismdan iborat. Birinchisi, xususiy sektor bo’lsa, ikkinchisi, jamoa sektoridir. Xususiy mulk esa tarkiban bir xil emas, u individual va korporativ mulkdan iborat. Bu mulklar tabiatdan xususiy hisoblansa-da, ular farqlanadi. Shunga binoan investitsiyalarni ham mulk ob’ekti sifatida farqlantirish zarur. O’zbekistonda xususiy sektor kengayishi natijasida xususiy investitsiyalarning ahamiyati ancha oshdi, biroq, bu, ko’proq, individul mulkchilikka xos bo’ldi. Natijada turli mulkka oid korxona va tashkilotlarning investitsiyadagi ishtiroki o’zgargan (5-jadval).