Vazirlar Mahkamasining Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini
muvofiqlashtirish, turizm masalalari kompleksi
Quyidagi joriy jarayonlarni muvofiqlashtiradi:
-investitsiya faoliyatini, birinchi navbatda chet el investitsiyalari bilan amalga oshiriladigan loyihalarni davlat tomonidan qo‘llab- quvvatlash bo‘yicha zarur hukumat qarorlarini ishlab chiqish;
-davlat boshqaruvi idoralari, vazirliklar va idoralar ishini tashkil etish.
O‘zbekiston Respublikasi Rivojlanish davlat dasturiga kiritilgan loyihalar samaradorligini ko‘rib chiqadi. Investitsiya loyiha ekspertizasini o‘tkazadi.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
-Mamlakat va xorij investorlarining investitsiya takliflari to‘g‘risida ma‘lumotlar bankini shakllantirish;
-investitsiya muhitini o‘rganish;
-xorijiy investorlarga axborot va boshqa xizmatlar ko‘rsatish;
-investitsiya loyihalarini amalga oshirishda mamlakat va xorij investorlariga yordam ko‘rsatish;
-chet el kapitali ishtirokida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining bajarilishini kuzatish (monitoring);
-xorijiy investorlarga davlat ro‘yxatidan o‘tilganidan keyin yuridik shaxs sifatida faoliyat ko‘rsatishida yordam berish (tovar ishlab chiqaruvchilar palatasi bilan hamkorlikda).
Iqtisodiyot vazirligi, Moliya
vazirligi va boshqa tegishli vazirliklar
Investitsiya siyosatini va dasturlarini ishlab chiqish
O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat Qo‘mitasi
Davlatga tegishli mulkni xususiylashtirish va tasarruf etish jarayonlarida chet el investitsiyalarini tartibga solish.
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarni ro‘yxatga olish.
Tashqi ishlar vazirligi
Xorijiy investorlarga va O‘zbekistonda ishlayotgan ajnabiy fuqarolarga vizalar berish.
Ichki ishlar vazirligi
Xorijiy investorlarni va O‘zbekistonda ishlayotgan ajnabiy fuqarolarni turar joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish.
Davlat soliq qo‘mitasi
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarni soliqqa tortish va ularning bojxona bilan bog‘liq faoliyatini tartibga solish
Markaziy bank
Konvertatsiya tartib-qoidalarini, shuningdek, uning o‘tkazilishini, valyuta mablag‘laridan foydalanishni tartibga solish, qarz siyosati.
Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bank
Tashqi iqtisodiy faoliyatga bank xizmati ko‘rsatish va loyihani moliyalashni amalga oshirish.
O‘zbekinvest eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasi
Chet el investitsiyalarini investitsiya tavakkalchiligidan sug‘urtalash
Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi
Qimmatli qog‘ozlar bozorini shakllantirish, rivojlantirish, nazorat qilish va tartibga solish sohalarida davlat siyosatini amalga oshirish. Mamlakat va xorijiy emitentlarning qimmatli qog‘ozlarini sotib olish orqali majmua investitsiyalarini amalga oshirish.
Ushbu tizim subyektlari alohida holda faoliyat yurita olmasliklarini jadval ma‘lumotlaridan ko‘rishimiz mumkin. Ular bir-birining faoliyatini to‘ldirgan holda investitsion faoliyatni samarali muvofiqlashtirish imkonini beradi.
O‘zbekistonda investitsiya faoliyatini muvofiqlashtirish mexanizmlari, birinchi navbatda, barcha xo‘jalik yuritish bosqichlarida jamg‘armalar o‘sishi sur‘atlarini rag‘batlantirish va iste‘mol darajasini pasaytirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak. Bunga, bizning nazarimizda, iqtisodiyotdagi yuridik va jismoniy shaxslardan, chet ellik investorlardan undiriladigan soliqlarni tartibga soluvchilik funktsiyasini amal qilishini kuchaytirish orqali erishish mumkin. Investitsiya faoliyatini taribga solish tizimi doirasida soliqlarning rag‘batlantiruvchi funktsiyalarini kuchaytirish investitsiyalarni moliyalashtirishda bozor mexanizmlari rolini kengaytirishga olib keladi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el sarmoyalari oqimini kengaytirish maqsadida, chet ellik investorlarni ishlab chiqarish quvvatlarini o‘zlashtirgunlariga qadar barcha ko‘rinishdagi bojxona to‘lovlari, soliqlar, yig‘imlardan ozod qilish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Har bir to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni kiritishda imtiyozli soliqqa tortish tartibini alohida qo‘llagan holda ular ishlab chiqarish quvvatlarini to‘liq o‘zlashtirgandan keyin amalga oshirish ma‘qul bo‘lar edi.
Investtsiyalarni qabul qiluvchi mamlakatda ko‘p ukladli iqtisodiyotni barpo etishda investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishning asosiy vazifasi – ularning maqbul nisbatlarini muvofiqlashtirish, hammasiga teng huquqiy sharoitlar va hayotda amalga oshirish uchun kafolatlar yaratib berishdan iboratdir.
.