Investitsiya



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə67/128
tarix22.10.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#159520
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   128
Investitsiya va innovatsiya Ma\'ruza materiallari (1)

9.1-jadval


Loyihalashtirish ishlarini bosqichlar bo‟yicha tashkil etish sxemasi


Ishlar bosqichi

Asos

Ijrochilar

1-bosqich. Loyiha oldi ishlari

1.1. Texnik-iqtisodiy asosnoma ishlab chiqish

Kapital qo‘yilmalarning rejasi. Qaror (qurilishni amalga
oshiruvchi tashkilotning buyruqlari)

Buyurtmachi yoki uning topshirig‘iga ko‘ra loyihaviy yoki ilmiy-tadqiqot tashkiloti

1.2. Loyihalashtirish uchun shartnomalar tuzish

Buyurtmachining taklifi

Buyurtmachi yoki loyihaviy tashkilot

2-bosqich. Loyihaviy ishlar

2.1. Qidiruv-izlanish

Buyurtma va shartnoma

Loyihaviy tashkilot

2.2. Bosqichlar bo‘yicha loyihani ishlab chiqish

Loyihalashtirish uchun belgilangan vazifalar (buyurtma), loyihani ishlab
chiqish va shartnoma tuzish uchun yo‘riqnoma

Loyihaviy tashkilot

3-bosqich. Loyihani ekspertizadan o‟tkazish va tasdiqlash

3.1. Loyihani ekspertizasi

Loyihani ishlab chiqish tartibi bo‘yicha yo‘riqnoma va
loyihani ekspertiza qilish bo‘yicha yo‘riqnoma

Loyihaviy tashkilot, loyihalar ekspertizasi bo‘limi

3.2. Loyihani tasdiqlash

Loyihani ishlab chiqish tartibi bo‘yicha yo‘riqnoma

Loyihaviy tashkilot,
tegishli muassasa tomonidan loyihaning tasdiqlanishi

Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, qurilishning amalga oshirilishi tegishli tartibda tasdiqlangan loyihaviy hujjatlarsiz ta‘qiqlanadi.


Kapital qurilishni loyihalashtirishda loyiha oldi hujjatlari, loyiha hujjatlari, dastlabki TIA yoki dastlabki texnik-iqtisodiy hisoblash, yakuniy TIA yoki texnik-iqtisodiy hisoblash, ishchi loyiha, smeta, ish hujjatlari, loyihalovchi, etkazib beruvchi (ishlab chiqaruvchi), qurilishlarning aniq ro‘yxati, qurilishlarning titul ro‘yxati, mablag‘ bilan ta‘minlovchi organ, ijro hujjatlari, qurilish maydoni, vaqtinchalik inshootlar, biriktiriladigan ishlar, shartnoma narxini bo‘lib chiqish kabi tushunchalar qo‘llaniladi.
Shuni ta‘kidlash joizki, kapital qurilishda loyihalashtirishning markaziy qismini loyihaning TIA egallaydi.
Taniqli xorijlik iqtisodchi-olimlardan V.Berens, P.Xavraneklar fikricha: «texnik-iqtisodiy asoslash – bu salohiyatli investorlar, loyiha quruvchilari va moliyachilarni investitsiyalash va moliyalash usullari bo‘yicha qaror qabul qilish uchun zarur bo‘lgan ma‘lumotlar bilan ta‘minlovchi vosita»70. Rossiyalik olim V.Zolotogorov: «texnik-iqtisodiy asoslash – bu investitsiya loyihasining samaradorligi va maqsadliligini ko‘rib chiqishga imkon beruvchi texnik va tashkiliy qarorlar, hisob- smeta, baholash va boshqa ko‘rsatkichlarni aks ettiruvchi hisob-analitik hujjatlar to‘plami»71, deya tavsiflaydi.



70 Беренц В., Хавранек П.М. Руководство по оценке эффективности инвестиций: Пер. с англ. перер. и дополн. Изд-во. – М.: «Интерэксперт», «Инфра-М», 1995. – С. 6.
71 Золотогоров В.А. Инвестиционное проектирование: Учеб.пос. – Мн.: «Экоперспектива», 1998. – С. 33.




Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin