bunda
x – baland dividendlarni orzu qiluvchi investorlar ulushi;
y –
Aksiya-lar kurs narhining oshishini hohlovchi investorlar ulushi; Ts3 – bo‘lib o‘tgan savdolarda (savdolarning yopilishi kunida) Aksiyalarning ushbu turiga bel-gilangan bozor bahosi (narhi).
Aksiyalarning bozor narhini hisoblashda
x va
u qiymatlariga bog‘liq holda kurs (
u ≈ 1) yoki dividend (
x ≈ 1) yondashuv ishlatilishi mumkin. Lekin na kurs va na dividend yondashuv Aksiyalarning real bahosini aniqlashda qoniqarli natija bera olmaydi.
Aksiyalarning kelajakdagi davrlardagi bozor bahosini (narhini) texnik tahlil metodlari yordamida hisoblab topiladi (4.7-paragrafga qaralsin). Bu metodlarga asosan avvalgi davrlar bo‘yicha ma‘lum bo‘lgan Aksiyalarning kurs narhlari statistikasi asosida ushbu Aksiyalar kursini kelajakdagi o‘zgarishi prognoz qilinadi.
Aksiyalarning balans narhi – bu Aksiyadorlik jamiyatining sof aktivlari hajmini (so‘mlardagi) uning joylashtirilgan (to‘langan) Aksiyalari soniga nisbati. Aksiyadorlik jamiyatning sof aktivlari quyidagicha hisoblanadi: aktivlar (asosiy
vositalar, nomaterial aktivlar, oborot mablag‘lar) summasi minus jamiyatning qarzlari (kreditorlar
bilan hisob-kitoblar, qarz mablag‘lari, kelajak davrlar daromadlari). Aksiyalarning balans bahosi har yili bir marotaba yillik balansni yopilishidan keyin hisoblanadi. Ko‘pincha Aksiyaning bozor narhini hisoblashda uning balans bahosi ishlatiladi.
Aksiyalar daromadliligi obligatsiyalarnikiga o‘hshash hisoblab topiladi. Daromadlilikning uch ko‘rsatkichini ajratib ko‘rsatish mumkin:
daromadlilikning dividend normasi (foizlarda ifodalangan dividendning Aksiya nominaliga nisbati);
daromadlilikning joriy normasi (dividendning Aksiyani sotib olish narhiga nisbati):