uning miqdori bankning
kredit stavkasini ifodalaydi;
daromadlilikning to‘liq normasi yoki Aksiyaga vaqtning Δt davrida egalik qilishdagi daromadlilik.
Faqat dividendlarni hohlovchi investorlar (Aksiyaning kurs narhi o‘zgarishini hisobga
olmaydigan) uchun Aksiya ko‘rsatkichlarini hisoblashni ko‘ramiz, ya‘ni x1 - x2= l, y1 =y2 =0. Bunda daromadlilik noldan katta bo‘ladi, agar i1
> i2
bo‘lsa, ya‘ni bank stavkasi pasayganda daromadlilikni kuzatish mumkin (albatta, o‘zgarmas dividenlar miqdorida).
Hozirda barcha mutahassislar tomonidan bir ovozdan Aksiyalar kursi ifodasi qabul qilinmoqda.
Yuqorida ta‘kidlanganidek, Aksiyalar daromadliligining to‘liq normasi uch o‘zgaruvchiga bog‘liq: dividendlar miqdoriga, bankning ssuda stavkasiga va Aksiyaning sotilish narhiga. Bu o‘zgaruvchilar Aksiyalar bo‘yicha
noaniq miqdorlar hisoblanadi, obligatsiyalar bo‘yicha esa faqat ssuda foizi (nominal va kupon ma‘lum) miqdorigina noaniq bo‘lishi mumkin. Bu holat (noaniqlik) ishonchsizlikni keltirib chiqarmaydi.
Faraz qilaylik, investor qimmatli qog‘ozni so‘ndirilishiga t1 kun qolguncha sotib olgan va so‘ndirilishiga t2 kun qolganda esa sotib yuborgan (t1 > t2). Bundagi daromadni topamiz. So‘ndirilishiga mos ravishda t1 va t2 kunlar qolgungacha mavjud bo‘lgan depozit foiz stavkalarini t1 va t2 orqali belgilab olamiz. Unda sotib olish Ts1
va sotish Ts2
narhlari quyidagicha hisoblab topiladi:
1
365 365
Obligatsiyalarning bahosi va daromadliligini (daromad olish usuliga bog‘liq holda) aniqlashda obligatsiyalarning quyidagi har hil turlarini ko‘rib chiqamiz:
nominal narhida so‘ndiriluvchi oldindan belgilangan kupon (foiz) stavkali obligatsiyalar;
nominal bo‘yicha so‘ndiriluvchi diskont bilan sotiladigan (joylashtiriladigan) nol kuponli obligatsiyalar;
nominal bo‘yicha so‘ndiriluvchi bir maromda ortib boruvchi kupon stavkali obligatsiyalar;
―frantsuz turidagi‖ obligatsiyalar (ular bo‘yicha daromad ularni egalari qo‘lida bo‘lgan davridagina to‘lab boriladi). Obligatsiyalarning daromadlari uch ko‘rsatich asosida belgilanadi:
daromadlilikning kupon normasi (me‘yori) bilan (kuponda ko‘rsatilgan foiz stavkasida);
daromadlilikning joriy normasi bilan (kupon daromadini sotib olish narhiga nisbati bilan);
daromadlilikning to‘liq normasi bilan (obligatsiyadan to‘liq foydalanganligidan: foiz daromad olish, ularni kapitalizatsiyasi va nominal bahosini olish).
Moliyaviy investitsiyalar samaradorligini baholashdagi muhim ko‘rsatkichlardan biri bo‘lib, moliyaviy instrumentlarga yo‘naltirilgan investitsiyalar bo‘yicha ma‘lum
davr ichidagi daromad fioizi V (
rate of return) hisoblanadi. Agar investorning bunday daromadining o‘sishi darajasini
I moliya instrumentiga yil boshida yo‘naltirilgan boshlang‘ich investitsiya I0 va undan ma‘lum bir davrda (yil ohirida) hosil bo‘lgan orttirma
‘ summasi deb qabul qilinsa, unda quyidagi ifoda ma‘nogo ega:
I = I0 + ‘,
Natijada daromad stavkasini (daromadni)
V quyidagicha ifodalash mumkin:
V = (I - I0)/I0 = ‘/I0
Ushbu (2) ifodaning surati investorning moddiy farovonligini davr ohirida o‘zgarishini (uning darajasini ijobiy yoki salbiy bo‘lganini) ko‘rsatadi. Qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha daromad olishning boshqa moliyaviy aktivlarga qilingan investitsiyalardan hosil bo‘ladigan daromaddan farqli xususiyatini bildiradi.
Yuqorida aytilganlardan kelib chiqib investor tomonidan olingan daromadni quyidagicha ifodalash mumkin:
‘ = I - I0 ,
1-chi ifodada I0 = 1 deb qabul qilib, uni quyidagicha ifodalaymiz:
I = 1 + ‘
Ushbu ifodada inflyatsiya hisobga olinmaganligi uchun investitsiya bo‘yicha
daromad real stavka foiziga R teng bo‘ladi. Irving Fisher qoidasiga binoan inflyatsiya
i sabali daromad (
1+i) martta oshishi lozim bo‘lganligi uchun (4) ifodani quyidagicha yozish mumkin:
I = (1 + ‘) = (1 + R) = (1+R)(1+i) = 1 + R + i + iR
5-chi ifodada, agar
R va
i miqdorlari kichik bo‘lsa,
iR ko‘paytma juda kichik bo‘ladi, u holda uni hisobga olmasa ham bo‘ladi. Shuning uchun 5-chi ifodani quyidagicha yozish mumkin:
‘
= R + i ,
bunda
i – inflyatsion rag‘bat,
‘ – nominal stavka,
R – real stavka.
chi ifodadan prognoz qilinayotgan inflyatsiya sur‘ati i va inflyatsion rag‘bat bir-biriga mosligi ko‘rinib turibdi. Bunday holat o‘ta rivojlangan moliya bozori sharoitida bo‘lishi mumkin. Agar daromad stavkasining miqdori R+i summadan kichik bo‘lsa, moliya bozorida investitsiya qilish ma‘noga ega bo‘lmaydi. Yana R va i miqdorlarining kichik darajasida shu ham ko‘rinib turibdiki, inflyatsiya sur‘atini bir foizga ortishi daromad stavkasini mos ravishda bir foizga ortishiga olib keladi.
Ancha uzoq vaqt muddati uchun 6-chi ifodani 5-chi asosida quyidagicha yozish mumkin:
‘
= R + i + iR
Yuqorida aytilganlar asosida investorlarni noaniq va hato qarorlar qabul qilishdan saqlash muhim ahamiyatga ega aks xolda turli omillar ta‘sirida investorning daromadi kamayishi yoki butunlay yo‘qqa chiqishi muikin..