3 -rasim: Suv omborlarida qafaslarda baliq yetishtirish
Oqar havzalar kam hajmdagi suvda baliqlarni intensiv tarzda yetishtirish imkonini beradi. Suvning sifati suv almashinuvi hisobidan saqlanib turadi. Basseynlarni kanallarda, kichik daryolar, ariqlar yonida joylashtirish mumkin, ular suvni ushlab turmaydi. Suv 1 soat ichida basseyn orqali o‘tib, orqaga, daryoga qaytishi yoki kanaldan iste’molchiga yo‘naltirilishi mumkin. 20-30 kg/m3 mahsuldorlik darajasida suvning sifati bunday basseynlardan keyin ham yomonlashmaydi.
Qafas baliqchiligining rivojlanishini belgilovchi asoslar:
baliqlarni turli xildagi havzalarda yetishtirish imkoniyatining mavjudligi;
oson xizmat ko‘rsatish, jumladan ovlash, nazorat qilish, 32 100 kitob to‘plami oziqlantirish;
turli xildagi baliqlarni yetishtirish imkoniyatining mavjudligi, jumladan bitta suv havzasiga turli baliqlar uchun qafaslar o‘rnatish;
yuqori mahsuldor, balanslashtirilgan omixta yemlarni ishlatish zarurligi;
suv sifatini (xarorat, kislorod miqdori, pH, boshqa) va baliq o‘sishini doimiy nazorat qilish;
baliq kasalliklariga qarshi profilaktik tadbirlar o‘tkazishdan iboratdir.
Qafaslarda yetishtiriladigan baliq turlari:
Sovuq suvlarda kamalakrang gulbaliq (forel) va daryo xonbalig‘i;
Iliq suvlarda – kanal laqqasi va boshqa laqqa turlari, osyotrlar, karp hamda tabiiy sharoitimizga mos regionlarda yetishtiriluvchi okunlar turiga kiruvchi baliqlar.
Q afaslarda baliq yetishtirishda suv sifatiga qo‘yiladigan talablar
Unutmang, baliq turlarini tanlashda yuqori mahsuldor, balanslashtirilgan yem bilan boqishga mo‘ljallangan baliqlar olingani ma’qul.
Forelni havzasi. O‘sishi uchun eng qulay harorat - 12-18 °S. 22 °S haroratda uning oziqlanishi va o‘sishi susayadi. 7 °S past haroratda oziqlanish keskin kamayadi, baliqlantirish 550 dona m3 , 15-20 sm chavoq bilan baliqlantirilishi mavsum oxiriga har bir baliq vaznini 500 g gacha yetishiga imkon yaratadi.
Laqqa. O‘sishi uchun eng qulay harorat 26,5 29 °S, 21 °S past haroratda oziqlanishi va o‘sishi susayadi, 7 °S da uning oziqlanishi to‘liq to‘xtaydi, 35 °S dan yuqori haroratda oziqlanish susayadi, o‘lishi ham mumkin. Havzani baliqlantirish me’yori 170-500 dona m3 , 170 dona m3 kam baliqlantirilsa, baliqlar o‘zaro urishib, bir-birini jarohatlashi mumkin.
Karp Yevropa, Osiyo va Yaqin Sharqda muvaffaqiyat bilan o‘stirib kelinayotgan baliq turidir, Karpning qafaslardagi mahsuldorligi boshqa baliqlarga nisbatan yuqori. Karpdan 250 kg/m3 gacha hosil olish imkoniyati mavjud, havzani 70 dona/m3 baliqlantirib, xar bir baliqni 1,5 kg gacha o‘stirish imkoniyati mavjud.
Dostları ilə paylaş: |