ISHSIZLIK Ishchi kuchi bozorida ishchi kuchiga bo‘lgan talab va taklif o‘rtasidagi
muvozanat qator omillar ta’sirida buzilib turadi. Bu omillardan biri mehnat
bozorining boshqa tovarlar bozoriga bog‘liqligidir. Iste’mol tovarlariga bo‘lgan
talabning o‘zgarishi, ishlab chiqarish tarkibining o‘zgarishiga olib keladi. Masalan,
bir tovarni ishlab chiqarishga qaraganda boshqasini ishlab chiqarish foydali bo‘lib
qoladi. Ishchi kuchi bozorida ham shunga mos ravishda, birinchi sohada ishchilarni
yollash qisqarib, ikkinchi sohada ishchilarga bo‘lgan talab oshadi. Ishchilar bir
ishdan bo‘shab, ikkinchi ishga kirishlari lozim bo‘lib qoladi. Toki ular boshqa soha
bo‘yicha tovar ishlab chiqarish malakasini egallab, unga moslashib olgunlariga
qadar, ya’ni ishchi kuchining taklifi yangi talabga moslashguncha, mehnat bozorida
muvozanat buziladi. Kishilar ishlashni xohlasalar-da, o‘zlariga yarasha ishni topa
olmay qolishadi. Natijada, ishsizlar paydo bo‘ladi.
Ishsizlik mamlakatda ishga layoqatli, belgilangan maoshga ishlashni xohlovchi
va ish qidirib yurgan fuqarolarning borligi bilan ifodalanadi. Mehnatga layoqatli
aholi deganda, 16 yoshdan katta (respublikamizda 16 yoshdan boshlab mehnat
qilishga qonun bo‘yicha ruxsat etilgan) va mehnat qilishga qodir kishilar
tushuniladi. Mamlakatning barcha mehnatga layoqatli aholisi, uning ishchi kuchi
resurslarini tashkil qiladi. Mamlakatning mehnatga layoqatli aholisi safidan o‘z
Formula Ishsizlik darajasi Ishchi kuchi soni = Ishsizlar soni
⋅
100 %
ISHSIZLIK TURLARI Ishsizlik kelib chiqish sabablariga qarab quyidagi turlarga bo‘linadi:
1. Friksion ishsizlik. Bu ishsizlik kishilarning bir ishdan bo‘shab, ikkinchi ishga
joylashishi oralig‘ida yuzaga keladi. Shuningdek, bunday ishsizlik yoshlarning
balog‘at yoshiga yetib yoki o‘quv yurtlarini bitirib, birinchi marta ish qidirayotgan
paytida ham kelib chiqishi mumkin.