IJTIMOIY HIMOYA VOSITALARI Davlat ishchi kuchi bozorini tartibga solish va ishsizlikning oldini olish
maqsadida quyidagi chora-tadbirlarni qo‘llaydi:
— ishchi kuchi bozorini doimo tahlil qilib, mamlakatda qancha ish o‘rinlari
bor, qancha odam ish bilan band, qancha odam ishsiz, ishchi kuchi bozorida
qanday o‘zgarishlar kutilmoqda kabi savollarga javob topadi;
— aholini ish bilan to‘laroq ta’minlash dasturlarini ishlab chiqadi, tadbirkorlikni
qo‘llab, qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratadi;
— aholini kasbga yo‘naltirish, ish o‘rinlari haqida ma’lumot yetkazish va
targ‘ibot ishlari bilan shug‘ullanadi;
Mashq Mamlakatda tabiiy ishsizlik darajasi 6 foizni, umumiy ishsizlik darajasi
esa 10 foizni tashkil qiladi. Friksion va tarkibiy ishsizlik mamlakatning 1 million
aholisini qamrab olgani ma’lum bo‘lsa, qancha ishsiz borligini aniqlang.
Tabiiy ishsizlik darajasi – mamlakatda faqat friksion va tarkibiy ishsizlik
bo‘lgan vaziyatdagi ishsizlik darajasi.
To‘la bandlik – mamlakatda faqat tabiiy ishsizlik bo‘lgan vaziyatdagi
bandlik.
— iqtisodiyot uchun zarur mutaxassislar va ishchi kadrlarni tayyorlash, qayta
tayyorlash va malakasini oshirish ishlarini amalga oshiradi;
— aholini ishga joylashtirish masalalari bilan shug‘ullanadi;
— aholini ijtimoiy himoya qilish chora-tadbirlarini ko‘radi, ishsizlarni ro‘yxatga
oladi va ishsizlik nafaqalarini beradi.
Bu ish bilan ishchi kuchi birjalari shug‘ullanadi.
Ishchi kuchi birjasi ish
beruvchi korxonalar va ish qidirib yurgan kishilar o‘rtasida vositachilik qiladigan
davlat tashkilotidir. Ishchi kuchi birjasi ishsizlarni ro‘yxatga oladi, korxonalardagi
bo‘sh ish o‘rinlarini aniqlaydi va ish qidirib yurgan kishilarni bu korxonalarga
ishga yollaydi. Ishchi kuchi birjasiga murojaat qilgan ishsizga, kasbi bo‘yicha ish
topilmasa, “ishsiz” degan maqom beriladi va ma’lum vaqtgacha ishsizlik nafaqasi
bilan ta’minlab turiladi.
Ba’zi hollarda, yollanma ishchilar va ish beruvchi korxonalar o‘rtasida oylik
maosh miqdori, ishlash sharoitlari va mehnat xavfsizligini ta’minlash masalalarida
nizolar kelib chiqadi. Yollanma ishchilar o‘z manfaatlarini himoya qilish maqsadida
kasaba uyushmalariga birlashadi.
Kasaba uyushmalari nodavlat, jamoat tashkiloti
bo‘lib, o‘z a’zolari manfaatlarini himoya qiladi.