Iqtisodiy bilim asoslari 9 E. Sariqov, B. Haydarov Toshkent — 2014 «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»



Yüklə 1,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə123/152
tarix15.10.2023
ölçüsü1,8 Mb.
#155904
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   152
Iqtisodiy bilim asoslari. 9-sinf (2014, E.Sariqov, B.Haydarov)

Valutaning ayirboshlov kursi
— bir davlat valutasining boshqa davlat pul 
birligida ifodalangan narxi.
Konvertatsiya 
— bir davlat valutasini boshqa davlat valutasiga almashtirish.


135
135
134
el valutasining kursi esa ko‘tariladi. Ba’zida davlat milliy valuta kursini ko‘tarish 
maqsadida, markaziy bank zaxirasidagi chet el valutasini ko‘p miqdorda ichki 
bozorga chiqaradi. Bu holda, bozorda bir birlik milliy valutaga mos kelgan chet 
el valutasining miqdori oshadi, ya’ni chet el valutasining kursi tushadi. Demak, 
xuddi tovarlar kabi bozorda chet el valutasi ko‘paysa, uning narxi, ya’ni kursi 
tushar ekan. Davlat milliy valutasining kursi, mamlakat iqtisodiyotining ko‘zgusi 
hisoblanadi. Uning bir tekis, asta-sekin o‘zgarishi mamlakat iqtisodiyotining 
sog‘lom rivojlanayotganligidan darak beradi.
Buni yodda tuting!

Xalqaro savdo bir davlat pul birligini ikkinchi davlat pul birligiga 
ayirboshlashni taqozo etadi.

Valuta kursining o‘zgarishi xalqaro savdoga va mamlakatlar iqtisodiyotiga 
kuchli ta’sir ko‘rsatadi.
1. Valuta bozori nima sababdan kerak?
2. Valutaning ayirboshlov kursi nima va u qanday omillar ta’sirida shakllanadi?
3. Milliy valutaning kursi oshadigan va kamayadigan vaziyatlarga ikkitadan misol 
keltiring.
4. Milliy valutaning ayirboshlov kursini davlat qanday yo‘llar bilan boshqarishi mumkin?
5. Milliy valutaning ayirboshlov kursiga mamlakatdagi inflatsiya qanday ta’sir 
ko‘rsatadi?
6. Chet el valutasi kursining o‘zgarishi import va eksport hajmiga qanday ta’sir qiladi?
7. Quyidagi berilgan omillar ta’sirida milliy valutamizning kursi qanday o‘zgaradi? 
a) O‘zbekistonda turizm rivojlanib ketdi; 
b) oylik maoshlar ko‘paytirildi; 
d) chet el valutasidagi omonatlar uchun beriladigan bank foiz stavkalari oshirildi; 
e) tadbirkorlarga imtiyozli kreditlar berish hajmi oshdi; 
f) chet ellarda ishlayotgan o‘zbek mutaxassislarining soni oshdi.
8. Agar AQSH dollarining so‘mga nisbatan kursi oshsa, mamlakatimiz uchun 
eksport qilish yaxshimi yoki importmi? Javobingizni asoslang.
9. Faraz qilaylik, kecha Amerika banki 14 mln yevroni 16 mln AQSH dollarga, 
bugun esa 20 mln AQSH dollarni 18 mln yevroga almashtirdi. Buning natijasida, 
dollarning yevroga nisbatan kursi bugun kechagiga qaraganda oshdimi yoki 
kamaydimi? Qanchaga?

Yüklə 1,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin