Mulk — odamlar tomonidan o‘zlashtirilgan va egalik qilish mumkin bo‘lgan
barcha narsalar.
Mulkdor — mulkka egalik qiluvchi shaxs.
Murosali tanlov — bir vaqtning o‘zida bir necha imkoniyatlardan qisman-
qisman foydalanish.
Muqobil imkoniyat — birini tanlaganda qolganidan voz kechiladigan
imkoniyat.
Mutlaq ustunlik — bir xil miqdordagi resurslarga ega bo‘lgan mamlakatlardan
birining shu resurslar yordamida boshqalariga nisbatan ko‘p mahsulot
ishlab chiqara olish imkoniyatiga ega ekanligi.
Muvozanat miqdor — tovarning bozor muvozanat narxiga mos talab (yoki
taklif) miqdori.
Narx — birlik mahsulot uchun xaridor to‘lashga, sotuvchi esa mahsulotni
sotishga rozi bo‘lgan pul miqdori.
Narxlar vositasida raqobatlashish — tovar narxini tushirish yoki oshirish
yordamida raqobatchilarga ta’sir ko‘rsatish.
Narxlar vositasisiz raqobatlashish — tovar narxini o‘zgartirmasdan,
uning sifatini yaxshilash, reklamani kuchaytirish kabi omillar orqali
raqobatchilarga ta’sir ko‘rsatish.
Nisbiy ustunlik — mamlakatda biror tovarni ishlab chiqarish muqobil
qiymatining boshqa mamlakatlarga nisbatan arzon bo‘lishi.
Nominal daromad — daromadning pul shaklidagi ifodasi.
Normal tovarlar — aholi daromadining oshishi bilan talab oshadigan tovarlar.
Oila budjeti — oilaning ma’lum davrga rejalashtirilgan daromad manbalari
va xarajatlari hisob-kitobi.
Oligopoliya — bir nechta yirik korxona va firmalarning monopoliyasidan
iborat bo‘lgan bozor.
Omonat — mablag‘ni jamg‘arish va ko‘paytirish maqsadida ma’lum ustama
haq — foiz evaziga bankka qo‘yish.
Omonat foizi