Buni yodda tuting! Yer solig‘i stavkalari har yangi yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Bilasizmi? Berilgan yerlardan ikki yil davomida foydalanmagan jismoniy shaxslardan
yer solig‘i uch baravar miqdorda undiriladi.
1. Qanday yer uchastkalari yer solig‘i obyekti hisoblanadi?
2. Yer solig‘i stavkalari kim tomonidan va qanday muddat uchun belgilanadi?
3. Qanday yer maydonlaridan soliq uch baravar miqdorda undiriladi?
4. Yer solig‘i to‘lovchilar uchun qanday imtiyozlar mavjud?
5. Yer solig‘i qanday muddatlarda to‘lanadi?
6. Yangi ajratilgan yer maydoni uchun qachondan boshlab yer solig‘i to‘lanadi?
7. Qanday yuridik shaxslar yer solig‘ining to‘lovchilari bo‘ladi? Qanday yerlar yer
solig‘i obyekti bo‘ladi?
8. Yer solig‘ini boshqa soliq turlaridan ajratib turuvchi bitta xususiyatini ayting.
9. Yer solig‘i nima uchun kerak? Javobingizni asoslang.
10. Yer solig‘i qanday soliq va yig‘imlar turiga mansub?
11. Mamlakatimizda yagona yer solig‘ining stavkasi qanday miqdorda belgilangan?
12. Yagona yer solig‘i stavkasidan boshqa qanday soliq stavkalari mavjud?
BILIMINGIZNI SINAB KO‘RING! YER SOLIG‘I IMTIYOZLARI Jismoniy shaxslarning soliq solinmaydigan yer uchastkalariga quyidagi yerlar
kiradi.
Yakka tartibda uy-joy qurish va shaxsiy yordamchi xo‘jalik yuritish uchun qo-
nun hujjatlarida belgilangan me’yorlar doirasida berilgan yerlar – yer uchastkasi
berilgan paytdan e’tiboran ikki yil muddatga soliq solinmaydi. Agar yerdan o‘z
o‘rnida foydalanilmasa, bu imtiyoz qo‘llanilmaydi.
Dehqon xo‘jaliklaridan undiriladigan yer solig‘i stavkalari, yer sifatiga bog‘liq
holda belgilanadi.
Quyidagi yer maydonlari yer solig‘idan ozod etiladi:
• shaharlar, shahar qo‘rg‘onlari, qishloq aholi punktlarining umumiy foydala-
nishdagi yerlari (maydonlar, ko‘chalar, o‘tish joylari, yo‘llar, ariq yoqalari,
ariqlar, mozorlar va boshqalar);