Iqtisodiy bilim asoslari 9 E. Sariqov, B. Haydarov Toshkent — 2014 «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»


FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR



Yüklə 1,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/152
tarix15.10.2023
ölçüsü1,8 Mb.
#155904
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   152
Iqtisodiy bilim asoslari. 9-sinf (2014, E.Sariqov, B.Haydarov)

FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
iste’molga tayyor tovarlar qiymatigina qo‘shiladi. Masalan, traktor g‘ildiragi 
traktor ishlab chiqarish jarayonida ishlatilib, traktor tarkibiy qismiga aylansa, 
YaIM ga kiritilmaydi, chunki u pirovard mahsulot bo‘lmay qoladi. Traktor esa 
YaIM ga kiritiladi, chunki u pirovard mahsulot hisoblanadi. Agar g‘ildirak YaIM 
ga kiritilganda edi, uning qiymati ikki marotaba: birinchi safar g‘ildirak sifatida, 
ikkinchi safar esa traktorning qismi sifatida YaIM ga kiritilgan bo‘lib qolar edi. 
Shu bois, YaIM hisoblanayotganda faqat pirovard ko‘rinishdagi tovarlar inobatga 
olinadi. YaIM mamlakat hududida joylashgan, qaysi davlatga tegishli bo‘lishidan 
qat’iy nazar barcha korxona, firma va aholi tomonidan yaratilgan mahsulotning 
bozor narxlaridagi qiymatidir.
 
BOSHQA MAKROIQTISODIY KO‘RSATKICHLAR
Yalpi milliy mahsulot (YaMM)

yil davomida mamlakat fuqarolari tomonidan 
(yer yuzining qayerida bo‘lishidan qat’iy nazar) yaratilgan pirovard ko‘rinishdagi 
jami tovar va xizmatlarning bozor narxlaridagi umumiy qiymatidir. Agar YaIMdan 
mazkur mamlakat hududida chet ellik fuqarolar va firmalar tomonidan yaratilgan 
tovarlar qiymatini ayirib, bu mamlakat fuqarolari va firmalari tomonidan boshqa 
davlatlar hududida yaratilgan tovarlar qiymatini qo‘shsak, mazkur mamlakatning 
yalpi milliy mahsuloti (YaMM) miqdori hosil bo‘ladi.
Sof ichki mahsulot (SIM)
— YaIMdan amortizatsiya ajratmasining ayrilganiga 
teng. Ma’lumki, ishlab chiqarish jarayonida asbob-uskuna, bino kabi asosiy 
vositalar eskirib, ular narxining bir qismi shu vositalar ishtirokida tayyorlangan 
tovarlar narxiga o‘tadi. Bu amortizatsiya ajratmasi bo‘lib, u yangidan yaratilgan 
qiymat emas. Shu bois, YaIMdan jami amortizatsiya ajratmasini ayirib 
tashlasak, sof ichki mahsulot (SIM) miqdori topiladi. SIM mamlakatda bir 
yilda yangidan yaratilgan tovar va xizmatlarning bozor narxlaridagi qiymatini 
ko‘rsatadi.
Sof milliy mahsulot (SMM)ning qiymati YAMM qiymatidan amertizatsiya 
ajratmasdini ayirish yo‘li bilan topiladi. 
Milliy daromad (MD)
— mamlakat aholisining bir yillik jami ish haqi, foiz, 
renta kabi barcha daromadlari va korxonalar foydasining yalpi yig‘indisidan iborat. 
U SIM dan barcha bilvosita soliqlarni ayirish yo‘li bilan ham aniqlanadi.
Turli mamlakatlardagi iqtisodiy faoliyatning samaradorligini va aholining 
turmush farovonligini taqqoslashda aholi jon boshiga hisoblangan YaIM qo‘llaniladi.
Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YaIM (YaMM)
— YaIM (YaMM) qiymatini 
mamlakat aholisi soniga bo‘lib topiladi.

Yüklə 1,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin