Iqtisodiy bilim asoslari 9 E. Sariqov, B. Haydarov Toshkent — 2014 «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»



Yüklə 1,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/152
tarix15.10.2023
ölçüsü1,8 Mb.
#155904
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   152
Iqtisodiy bilim asoslari. 9-sinf (2014, E.Sariqov, B.Haydarov)

Yalpi milliy mahsulot (YaMM) 
— yil mobaynida mamlakat fuqarolari 
tomonidan (yer yuzining qayerida bo‘lishidan qat’iy nazar) yaratilgan pirovard 
ko‘rinishdagi jami tovar va xizmatlarning bozor narxlaridagi umumiy qiymati.
Sof ichki mahsulot (SIM)
— yalpi ichki mahsulotdan amortizatsiya 
ajratmasining ayrilganiga teng.
Milliy daromad (MD)
 
— mamlakat aholisining bir yillik jami ish haqi, 
foiz, renta kabi daromadlari va barcha korxonalar foydasining yalpi miqdori.
IQTISODIY O‘SISH VA RIVOJLANISH 
20- MAVZU
REAL VA NOMINAL QIYMATLAR
Ma’lumki, mamlakatning muayyan yildagi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari 
(YaIM, YaMM, SIM, SMM va MD) o‘sha yilda amalda bo‘lgan narxlarda 
hisoblanadi. Bu ko‘rsatkichlarning qaralayotgan yildagi joriy narxlarda hisoblangan 
qiymati 
nominal qiymat
deb yuritiladi. Lekin ma’lumki, narxlar yildan yilga 
o‘zgarib turadi. Shuning uchun mamlakatning turli yillardagi ko‘rsatkichlari o‘zaro 
taqqoslanayotganda, ularning real qiymatidan foydalaniladi. 
Formula
YaIM
real va nominal qiymatlari orasidagi bog‘lanish
YaIM

— real qiymat;
YaIM
n
— nominal qiymat;
I
— narxlarning oshish indeksi.
YaIMn
YaIMr =
I
20.1- chizma
Yil davomida o‘sish 
sur’ati, % hisobida
Iqtisodiy faollik darajasi
Cho‘qqi
o‘sish
o‘sish
pasayish
pasayish
M
N
Eng pastki nuqta
Vaqt
M
1
N
1
Aytaylik, 2005—2008- yillarda mamlakatdagi narx-navo 1,5 baravarga oshgan, 
ya’ni bu davrdagi narxlarning oshish indeksi 1,5 ga teng bo‘lib, 2005- yildagi 
YaIMning nominal qiymati — 19,35 trln so‘m, 2008- yildagi YaIMning nominal 
qiymati esa 36,84 trln so‘mni tashkil qilgan bo‘lsin. Bu ko‘rsatkichlarni o‘zaro 
taqqoslash uchun ularni bir xil narxlarda hisoblash lozim bo‘ladi. Buning uchun 
2005- yildagi narxlar asos qilib olinadi. Bu narxlarda 2005- yilgi YaIM qiymati 
berilgan. Endi 2008- yildagi YaIMni 2005- yildagi narxlarda hisoblaymiz. Buning 
uchun 2008- yildagi YaIMning nominal qiymatini narxlarning oshish indeksiga 
bo‘lsak kifoya. Hosil bo‘lgan qiymat — 24,56 trln so‘m 2008- yilgi YaIMning 
2005- yilga nisbatan real qiymatidan iborat bo‘ladi. Shundan so‘ng, 2005- yilgi 
YaIM nominal qiymati va 2008- yilgi real qiymati o‘zaro taqqoslanadi va 2008- 
yilda 2005- yilga nisbatan YaIM qiymati 24,56 : 19,35 =1,27 baravar oshgan degan 
xulosaga kelinadi. Umuman olganda, joriy yildagi iqtisodiy 
ko‘rsatkichning biror yilga nisbatan real qiymatini topish 
uchun uning nominal qiymati bu davrdagi narxlarning 
umumiy o‘sish indeksiga bo‘linadi.
IQTISODIY DAVR
Bozor iqtisodiyotining ikki asrlik tarixi, unga to‘lqinsimon 
rivojlanish xos ekanligini tasdiqladi. Ma’lum bo‘lishicha, 
bozor iqtisodiyoti hukm surgan davlatlardagi iqtisodiy 
faollik ma’lum davrlarda o‘sib, so‘ng esa pasayib, davriy 
ravishda tebranib turar ekan. Mamlakat iqtisodiyotining 
bir marta tebranishiga — bir marta o‘sib, so‘ng pasayishiga 
ketgan vaqt 
iqtisodiy davr
deb ataladi. 20.1- chizmadagi 



Yüklə 1,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin