Iqtisodiy bilim asoslari 9 E. Sariqov, B. Haydarov Toshkent — 2014 «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»



Yüklə 1,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə113/152
tarix15.10.2023
ölçüsü1,8 Mb.
#155904
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   152
Iqtisodiy bilim asoslari. 9-sinf (2014, E.Sariqov, B.Haydarov)

IMPORT VA EKSPORT
Mamlakatda ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarni chet mamlakatlarga sotish 
eksport
deb ataladi. Tovar va xizmatlarni chet mamlakatlardan sotib olishga 
esa 
import
deyiladi.
 
Mamlakatning import va eksport qilgan tovar va xizmatlari 
qiymatlarining yig‘indisi 
tashqi savdo
hajmini aniqlaydi. Tashqi savdo hajmi
mamlakatning xalqaro savdo-sotiq jarayoniga qanchalik ishtirok etayotganini 
bildiradi. Mamlakatning xalqaro savdo-sotiqdagi ishtirokining samaradorligini 
import va eksport hajmlarini taqqoslash yordamida aniqlash mumkin. Albatta, 
har bir davlat eksportga chiqarayotgan tovar va xizmatlari hajmining, tashqaridan 
olib kelayotgan import tovar va xizmatlari hajmidan ko‘p bo‘lishini xohlaydi. 
Mamlakatning eksporti va importi hajmlari orasidagi farq
tashqi savdo saldosini
aniqlaydi. Agar mamlakatning chetga sotayotgan eksport tovar va xizmatlari hajmi 
mamlakatga keltirilayotgan import tovar va xizmatlari hajmidan ko‘p bo‘lsa, 
tashqi savdo saldosi musbat bo‘ladi. Aks holda esa tashqi savdo saldosi manfiy 
bo‘lib, xalqaro savdo-sotiqda muammolar paydo bo‘ladi. Chunki tovarlarni chetga 
sotishdan tushgan chet el valutasi miqdori, chetdan olib kelinayotgan tovarlarni 
sotib olishga yetmay qoladi. Natijada, tashqi savdoda valuta tanqisligi vujudga 
keladi.
Nisbiy ustunlik 
— mamlakatda biror tovarni ishlab chiqarish muqobil 
qiymatining boshqa mamlakatlarga nisbatan arzon bo‘lishi.
Eksport
 —
mamlakatda ishlab chiqarilgan va chet mamlakatlarga sotilgan 
tovar va xizmatlar.
Import
— chet mamlakatlardan sotib olingan tovar va xizmatlar.
Tashqi savdo hajmi
 —
mamlakat import va eksportini tashkil etuvchi 
tovar va xizmatlarining jami qiymati.
Tashqi savdo saldosi

Yüklə 1,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin