17
17
16
AKSIYADORLAR JAMIYATI
3- MAVZU
FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
AKSIYADORLAR JAMIYATINING TUZILISHI
Mas’uliyati cheklangan firmalar yirik korxonalar miqyosida —
aksiyadorlar
jamiyati ko‘rinishida tashkil qilinadi. Aksiyadorlar jamiyati boshlang‘ich nizom
jamg‘armasi hajmiga teng miqdorda o‘z
aksiyalarini chiqaradi va sotadi. Bu aksiyani
sotib olgan har bir kishi jamiyatning
aksiyadoriga aylanadi. Jamiyat aksiyadorga
har yilgi foydasidan sotib olgan aksiyasiga mos ravishda haq —
dividend to‘laydi.
Aksiyadorlar jamiyatini chet ellarda
aksiyadorlar kompaniyasi yoki
korporatsiyalar
deb ham atashadi. Agar aksiyadorlar jamiyatining aksiyalari istalgan shaxsga sotilsa,
bunday jamiyat
ochiq turdagi aksiyadorlar jamiyati
deb, agar faqat oldindan belgilab
qo‘yilgan shaxslar guruhiga (masalan, jamiyatning ta’sischilari yoki xodimlariga)
sotilsa, u
yopiq turdagi aksiyadorlar jamiyati deb ataladi.
Birinchi aksiyadorlar jamiyati XVI asrda Niderlandiyada tashkil qilingan
“Ostind” kompaniyasi bo‘lib, u Hindiston bilan savdo-sotiq ishlarini olib borgan.
Dostları ilə paylaş: