Iqtisodiy bilim asoslari 9 E. Sariqov, B. Haydarov Toshkent — 2014 «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»



Yüklə 1,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/152
tarix15.10.2023
ölçüsü1,8 Mb.
#155904
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   152
Iqtisodiy bilim asoslari. 9-sinf (2014, E.Sariqov, B.Haydarov)

Buni yodda tuting!
9. Aksiyadorlar jamiyatining sinishidan kim ko‘proq zarar ko‘radi: oddiy aksiya 
egasimi yoki imtiyozli aksiya egasimi? 
“Ziyo” aksiyadorlar jamiyati
Nizom jamg‘armasi
– 40000000 so‘m.
Aksiyalarining turi 
– oddiy.
Aksiyalarning nominal qiymati 
– 1000 so‘m.
Aksiyalarinig soni 
– 40000 dona.
Aksiyadorlari:
– Dilorom Haydarova 
– 10 % aksiya egasi; 
– Dilshod Haydarov 
– 20 % aksiya egasi;
– Botir Haydarov
– 35 % aksiya egasi;
– boshqalar (20 kishi) 
– 35 % aksiya egasi.
Bir yillik sof foyda
– 25000000 so‘m.
“Ziyo” aksiyadorlar jamiyati aksiyadorlari yillik sof foydani taqsimlash 
masalasini muhokama qilishmoqda. Diloromning fikricha, foydaning 
hammasini dividend sifatida taqsimlash kerak. Dilshod ham shu fikrda. 
Botirning fikricha, foydaning yarmini ishlab chiqarishni kengaytirishga 
yo‘naltirib, yarmini esa aksiyadorlar o‘rtasida taqsimlash kerak.
1. Sizningcha, kimning fikri ko‘proq muhim deb o‘ylaysiz? Nega?
2. Foydaning hammasi taqsimlansa, jamiyat asosiy aksiyadorlarining har biri 
qanchadan dividend oladi?
3. Har bir aksiya qanchadan dividend ko‘rinishdagi daromadni olib keladi? 
4. Bu korxona aksiyalarining bozor narxi haqida nima deya olasiz? 
AKSIYANING TURLARI
Aksiyador sotib olgan aksiyalari soniga qarab, aksiyadorlar jamiyatini 
boshqarishda ovoz berish yo‘li bilan qatnashishi mumkin. U qancha aksiya 
sotib olgan bo‘lsa, aksiyadorlar jamiyati umumiy majlisida shuncha ovozga ega 
bo‘lib, u yoki bu qarorni qabul qilishda, jamiyat rahbarlarini saylashda o‘z ovozi 
bilan ta’sir etishi mumkin. Shu sabab, aksiyadorda aksiya qancha ko‘p bo‘lsa, 
u korxonani boshqarish masalalariga shuncha ko‘proq ta’sir o‘tkaza oladi. Agar 
aksiyador aksiyalarning yarmidan ko‘pini, ya’ni aksiyalar nazorat paketini qo‘lga 
kiritsa, u korxonaning yakka xo‘jayiniga aylanadi. Chunki, aksiyadorlar umumiy 
majlisida har qanday qarorning qabul qilinishida uning fikri — ovozi hal qiluvchi 
bo‘lib qoladi.
Aksiyalar ikki xil — oddiy va imtiyozli bo‘ladi. Oddiy aksiyalar ulardan 
keladigan daromad — dividendni kafolatlamaydi. Imtiyozli aksiyalar esa ulardan 
keladigan har yilgi dividendni aksiya narxining ma’lum foizi miqdorida kafolatlaydi. 
Imtiyozli aksiya egasi aksiyadorlar jamiyatini boshqarishda qatnasha olmaydi, 
chunki u aksiyadorlar umumiy majlisida ovozga ega bo‘lmaydi. Aksiyadorlar 
jamiyati faoliyati bilan bog‘liq muhim masalalarni umumiy majlisda saylanadigan 
direktorlar kengashi hal qiladi. Jamiyatni boshqarish esa yollangan menejerlar 
tomonidan amalga oshiriladi.

Yüklə 1,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin