67
67
66
pul miqdori kamaya boshlaydi. Aksincha, agar markaziy bank zaxira normasini
kamaytirsa, tijorat banklarini kreditga berishi mumkin bo‘lgan mablag‘lari miqdori
oshadi, muomalaga ko‘p pul chiqariladi. Ko‘rib turganingizdek, zaxira normasining
o‘zgarishi ham davlatning bank tizimi orqali iqtisodiyotga, xususan, inflatsiyaning
oldini olish, narxlarni jilovlab turish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalariga
ta’sir o‘tkazish uchun xizmat qiladi.
1. Davlat budjet-soliq siyosatining mohiyati nimada?
2. Davlat o‘z budjet-soliq siyosatini qaysi vositalar yordamida va qanday yuritadi?
3. Agar davlat aholining ish bilan ta’minlanganlik darajasini oshirmoqchi bo‘lsa,
qanday chora-tadbirlarni ko‘rishi kerak?
4. Davlatning transfert to‘lovlarini oshirishi mamlakat iqtisodiyotida qanday
o‘zgarishlarga olib keladi?
5. Davlat budjeti kamomadini kamaytirishning qaysi yo‘li samarali? Nega?
6. Markaziy bank mamlakatdagi pul massasini qanday yo‘llar bilan tartibga solishi
mumkin?
7. Banklar zaxira normasini belgilash nima uchun kerak?
8. Agar markaziy bank kredit foiz stavkasini ko‘tarsa, mamlakatda ishlab chiqarish
sur’atlari qanday o‘zgaradi?
9. Agar markaziy bank zaxira normasini kamaytirsa, bu mamlakatdagi inflatsiya
darajasiga qanday ta’sir ko‘rsatadi?
BILIMINGIZNI SINAB KO‘RING!
•
Davlatning budjet-soliq siyosatiga narxlar barqarorligi, to‘la bandlik
va iqtisodiy o‘sishga qaratilgan soliqqa tortish hamda davlat budjetini muvo-
fiqlashtirish chora-tadbirlari kiradi.
•
Davlatning pul-kredit siyosati markaziy bank tomonidan muomaladagi pul
massasi va kredit berish imkoniyatlarini o‘zgartirish orqali amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: