Buni yodda tuting! Aytaylik, markaziy bank tijorat banklari uchun zaxira normasini 20%
qilib belgiladi.
Tijorat banklari markaziy bankdan 5 mlrd so‘m kredit olishdi. Ular o‘z
mijozlariga necha so‘m qarz bera oladi?
Mashq Bankning zaxira mablag‘i — bankning zaxira sifatida markaziy bankda
saqlashi lozim bo‘lgan pul mablag‘i.
Bankning zaxira normasi — markaziy bank tomonidan belgilanadigan,
bank zaxira mablag‘ining jami mablag‘iga nisbatan foiz miqdori.
1. Mamlakat iqtisodiyotida davlatning tutgan o‘rni va uning maqsadlarini tushuntirib
bering.
2. Bozor iqtisodiyotining noqobilliklarini aytib bering.
3. Davlatning qanday iqtisodiy vazifalari bor?
4. Davlat budjetining daromad va xarajat qismlarining tarkibini sanang.
5. Budjet kamomadi va davlat qarzining paydo bo‘lish sabablarini tushuntiring.
6. Soliqlarning mohiyati va iqtisodiyotdagi ahamiyatini tushuntirib bering.
7. Soliqlarning qanday turlari bor va ular bir-biridan qanday farqlanadi?
8. Banklarning mamlakat iqtisodiyotidagi ahamiyati nimada?
9. Mamlakatimiz bank tizimi haqida so‘zlab bering.
10. Markaziy va tijorat banklari bir-biridan qanday farqlanadi?
11. Sodda misollarda kredit foizi miqdorini hisoblab bering.
12. Davlatning budjet-soliq siyosati asoslari va uni qo‘llash mexanizmini tushuntirib
bering.
13. Davlatning budjet-soliq siyosati bo‘yicha xatti-harakatlari qanday baholanadi?
14. Davlatning pul-kredit sohasidagi siyosatining mohiyatini tushuntirib bering.
A. SAVOLLAR II BOBNI TAKRORLASH UCHUN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR B. TOPSHIRIQLAR Quyida avval atamalarning nomlari, so‘ng ularning talqinlari berilgan. Har
bir atamaga mos talqinni toping.
a) davlatning bir yillik daromadlari va xarajatlari rejalashtirilgan asosiy moliyaviy
hujjati;
b) yillar davomida yig‘ilib qolgan budjet kamomadining jami miqdori;
d) aholi, firma va tashkilotlarga xizmat ko‘rsatuvchi bank;
e) tovarni ishlab chiqarish yoki iste’mol qilish jarayonida, ishlab chiqaruvchi va
iste’molchidan tashqari, uchinchi tomonning ko‘radigan naf yoki zarari;
1. Qo‘shimcha tashqi ta’sir;
2. Tovarning birgalikda iste’mol
qilinish xususiyati;
3. Davlat budjeti;
4. Davlat qarzi;
5. Tijorat banki;