DAVLATNING PUL-KREDIT SIYOSATI Davlat o‘zining pul-kredit siyosatini markaziy bank orqali olib boradi. Ma’lumki,
markaziy bank va tijorat banklari birgalikda mamlakatning ikki pog‘onali bank
tizimini hosil qiladi. Markaziy bank davlatga tegishli bo‘lib, u orqali davlat
mamlakatda muomaladagi pul massasini tartibga solib turadi. Markaziy bankning
Davlatning budjet-soliq (fiskal) siyosati — davlat budjetining daromad va
xarajat qismlarini o‘zgartirish yordamida iqtisodiyotni tartibga solish.
vazifalaridan biri, ishlab chiqarilayotgan tovar va xizmatlar qiymatiga mos
miqdordagi pulni muomalaga chiqarishdan iboratdir. Muomalaga pul chiqarish
pul emissiyasi deb ataladi. Qog‘oz pul va tanga ko‘rinishdagi naqd pullarni faqat
markaziy bank chiqaradi va tarqatadi.
KREDIT FOIZ STAVKASI VA PUL MASSASI Markaziy bank tijorat banklariga belgilagan foiz stavkalarida pulni qarzga
beradi. Tijorat banklari esa bu pulni o‘z mijozlari: firma va aholiga yuqoriroq foiz
stavkasida qarzga beradi. Shu tariqa, ikki pog‘onali kredit tizimi vujudga keladi. Bu
holatda, agar davlat muomaladagi pul miqdorini kamaytirib, inflatsiyaning oldini
olmoqchi bo‘lsa, markaziy bankning tijorat banklariga beradigan qarzlarining foiz
stavkasi oshiriladi. O‘z-o‘zidan tijorat banklari ham mijozlariga beradigan qarzlari
foiz stavkasini oshiradi. Natijada, tijorat banklari mijozlari, firma va aholi yuqori
foiz stavkali qarzlarni olmay qo‘ya boshlaydi. Muomaladagi pul miqdori kamaya
boshlaydi. Mablag‘ yo‘qligi tufayli tadbirkorlar faoliyati ham susaya boshlaydi.
Aksincha, agar davlat muomaladagi pul miqdorini oshirib, tadbirkorlarni mablag‘
bilan ta’minlab, ularning faolligini oshirmoqchi bo‘lsa, markaziy bank qarzlarining
foiz stavkasi kamaytiriladi.
BANK ZAXIRA NORMASI VA PUL MASSASI Markaziy bank muomaladagi pul miqdorini tijorat banklarining zaxira
normalarini belgilash orqali ham nazorat qilib borish imkoniyatiga ega. Tijorat
banklarining mablag‘lari ikki qismdan iborat bo‘lib, birinchisi bank ixtiyorida
bo‘lgan mablag‘lar bo‘lsa, ikkinchisi banklarning zaxira mablag‘laridir. Tijorat
banklarining zaxira mablag‘lari muomaladagi pul massasini nazorat qilish va pul
muomalasini tartibga solish maqsadida markaziy bankda jamg‘arib qo‘yiladigan
mablag‘laridan iborat bo‘ladi.
Tijorat banklari barcha mablag‘larining qancha qismini (qancha foizini)
zaxiraga olib qo‘yishlari ham markaziy bank tomonidan belgilanadi va bu
ko‘rsatkich banklarning zaxira normasi deb yuritiladi. Markaziy bank tijorat
banklarining zaxira normalarini oshirish yoki kamaytirish orqali ham muomaladagi
pul miqdorini kamaytirib yoki oshirib, tartibga solib turish imkoniyatiga ega.
Masalan, agar markaziy bank tijorat banklari zaxira normasining miqdorini
oshirsa, kreditga beriladigan mablag‘ miqdori kamayadi. Natijada, muomaladagi