101 100 101 1. Mamlakat iqtisodiyotining qanday asosiy ko‘rsatkichlarini bilasiz va ular bir-
biridan qanday farqlanadi?
2. Sodda misollarda YaIM, YaMM, SIM va milliy daromadni hisoblab
ko‘rsating.
3. Pirovard va oraliq mahsulotlar qanday farqlanadi?
4. Dunyo mamlakatlari iqtisodiy rivojlanganlik darajasiga qarab qanday guruhlarga
bo‘linadi?
5. Aholining turmush darajasi nimalarga bog‘liq?
6. Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning nominal va real qiymatlari nima bilan
farqlanadi?
7. Iqtisodiy davr mohiyatini tushuntirib bering.
8. Iqtisodiy o‘sish qanday aniqlanadi?
9. O‘zbekiston iqtisodiy salohiyatining asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarini
ayting.
A. SAVOLLAR IV BOBNI TAKRORLASH UCHUN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR B. TOPSHIRIQLAR Quyida avval atamalar nomlari, so‘ng ularning talqinlari berilgan. Har bir
atamaga mos talqinni toping.
a) mamlakat hududida bir yil mobaynida ishlab chiqarilgan, tugal ko‘rinishdagi
tovar va xizmatlarning bozor narxlaridagi umumiy qiymati;
b) yalpi ichki mahsulotdan amortizatsiya ajratmasining ayrilganiga teng;
d) mamlakat aholisining bir yillik jami ish haqi, foiz, renta kabi daromadlari
va barcha korxonalar foydasining yalpi miqdori;
e) joriy narxlarga nisbatan hisoblangan qiymat;
f) mamlakat iqtisodiyotining bir marta tebranishiga — bir o‘sib, so‘ng pasayishiga ketgan
vaqt;
1. Pirovard mahsulotlar;
2. Yalpi ichki mahsulot (YaIM);
3. Yalpi milliy mahsulot (YaMM);
4. Sof ichki mahsulot (SIM);
5. Milliy daromad (MD);
TALQINLAR: ATAMALAR: 6. Iqtisodiy ko‘rsatkichning nominal qiymati;
7. Iqtisodiy ko‘rsatkichning real qiymati;
8. Iqtisodiy davr;
9. Aholining turmush darajasi;
10. Iqtisodiy farovonlik.
D. TESTLAR 1. Quyidagi tovarlarning qaysi biri