129
129
128
9 – E. Sariqov, B. Haydarov
XALQARO IQTISODIY MUNOSABATLAR — DAVR TALABI
Hozirgi globallashgan dunyoda xalqaro iqtisodiy munosabatlarni yo‘lga qo‘ymasdan
taraqqiyotga erishishning iloji yo‘q. Jahonda globallashuv darajasi ortib borar ekan
,xalqaro iqtisodiy hamkorlikning ahamiyati ham ortib boraveradi. Mamlakatdan
mamlakatga nafaqat tovarlar, balki ishchi kuchi, kapital va texnologiyalar oqib
o‘tishi tobora kuchayib bormoqda. Yirik kompaniyalarga bitta mamlakat hududi
torlik qilib qolmoqda va ular transmilliy korporatsiyalarga aylanmoqdalar.
Xalqaro iqtisodiy hamkorlikni o‘z vaqtida va oqilona yo‘lga qo‘yib olish har
qanday mamlakat uchun eng kuchli zaruratga aylanib qoldi.
O‘zbekistonda ham jahondagi eng rivojlangan mamlakatlar bilan ikki taraflama
va ko‘p taraflama iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash borasida ulkan ishlar amalga
oshirilmoqda. Bu esa o‘z navbatida mamlakatimizga katta hajmdagi investitsiyalar
kirib
kelishiga,
ulkan zavod, fabrika va yirik inshootlar
qurilishiga imkoniyat
yaratmoqda.
Dostları ilə paylaş: