Iqtisodiy bilim asoslari 9 E. Sariqov, B. Haydarov Toshkent — 2014 «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»


— mamlakatning eksport va import hajmlari  orasidagi farq. TASHQI SAVDO TARKIBI



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə115/153
tarix25.12.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#196411
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   153
Iqtisodiy bilim asoslari. 9-sinf (2014, E.Sariqov, B.Haydarov)

 
— mamlakatning eksport va import hajmlari 
orasidagi farq.
TASHQI SAVDO TARKIBI
Mamlakatning xalqaro savdodagi ishtirokining samaradorligi, uning eksport 
va importining tarkibiga ham bog‘liq bo‘ladi. Rivojlangan davlatlar eksportining 
hajmi katta bo‘lib, asosan, tayyor mahsulotlardir. Rivojlanayotgan mamlakatlar 
eksportining hajmi, odatda, kichik bo‘lib, asosan, xomashyodan iborat. 
Respublikamiz tashqi savdo hajmi va tarkibini tahlil qiladigan bo‘lsak, mustaqillik 
yillarida uning hajmi ortib, tarkibi yildan yilga o‘zgarib bormoqda.
Ingliz iqtisodchisi David Rikardoning shoh asari 
“Siyosiy iqtisod va soliq solish qoidalari” deb ataladi. 
Rikardoning iqtisodiyot olamida Adam Smitdan keyingi 
eng taniqli olim sifatida tan olishadi.
Rikardoning ilmiy izlanishlari xalqaro bozordagi savdo 
erkinligi masalalariga qaratilgandir. U hozirgi zamon 
iqtisodchilari nisbiy ustunlik qoidalari deb ataydigan 
konsepsiyani birinchi bo‘lib ilgari surdi. 
Rikardo olim sifatida xalqaro savdoni tariflar va boshqa 
sun’iy to‘siqlardan iloji boricha holi qilish mamlakatlar 
David Rikardo
(1772 – 1823)
iqtisodiyoti uchun foydali ekanini asoslab bergan.
Iqtisodiyot tarixidan
Biz qadimda mamlakatimiz hududidan o‘tgan Buyuk ipak yo‘li haqida ancha 
ma’lumotga egamiz. Bu yo‘l milloddan avvalgi II asrga kelib shakllangan. Lekin 
bundan ancha oldin O‘rta Osiyoni Xitoy, Hindiston va boshqa mamlakatlar 
bilan tutashtirib turgan yo‘llar mavjud bo‘lganligini bilasizmi?
Oltin yo‘li, Ipak yo‘li, Nefrit yo‘li va Lojuvard yo‘li ramziy nomlari bilan 
mashhur yo‘llar shular jumlasidandir. Bu yo‘llar orqali olib o‘tilgan mollar (oltin, 
ipak, kumush, nefrit, lojuvard) ularga ramziy nomlar berilishiga sabab bo‘lgan.
2013- yilda respublikamiz tashqi savdosi hajmi 28886 mln AQSH dollarini 
tashkil qilib, bu 2012- yilga nisbatan 9,8%ga ortiq demakdir. Mamlakatimizning 
2013- yilgi eksport hajmi 15087,2 mln AQSH dollari, import hajmi esa 13798,8 
mln AQSH dollaridan iborat bo‘ladi. Tashqi savdo saldosi 1288,4 mln AQSH 
dollarini tashkil qildi. Davlatimiz, asosan, paxta tolasi, mineral o‘g‘it va kimyo 
mahsulotlari, energiya resurslari, oziq-ovqat mahsulotlari, qora va rangli metallar, 
mashina va dastgohlar, turli xil xizmatlar va tovarlarni eksport qiladi. Shuningdek, 
chet mamlakatlardan mashina va dastgohlar, oziq-ovqat mahsulotlari, energiya 
resurslari, mineral o‘g‘it va kimyoviy mahsulotlar, qora va rangli metallar, turli 
xil xizmatlar va tovarlarni sotib oladi. O‘zbekiston tashqi savdosi hajmining 
katta qismi Buyuk Britaniya, Germaniya, Rossiya, Janubiy Koreya, Shveysariya, 
Turkiya, Ukraina, Qozog‘iston kabi davlatlar hissasiga to‘g‘ri keladi. So‘nggi 
yillarda O‘zbekistonning tashqi savdosi tarkibi keskin o‘zgarib bormoqda. Eksport 
tarkibida xomashyo va yarim tayyor mahsulotlar o‘rnini qayta ishlangan va tayyor 
sanoat mahsulotlari egallamoqda. Bular jumlasiga avtomobillar, dastgohlar, asbob 



Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin