Iqtisodiy bilim asoslari 9 E. Sariqov, B. Haydarov Toshkent — 2014 «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə126/153
tarix25.12.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#196411
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   153
Iqtisodiy bilim asoslari. 9-sinf (2014, E.Sariqov, B.Haydarov)

XOMASHYO VA ENERGIYA TANQISLIGI
Ma’lumki, Yer yuzida tabiiy resurslar miqdori cheklangan bo‘lib, ular nihoyat 
darajada notekis taqsimlangan. Natijada, million yillar davomida to‘plangan yer osti 
boyliklari insoniyatning XX—XXI asrlardagi ikki yuz yillik iqtisodiy faoliyati tufayli 
tugatilishi mumkin. Asosiy energiya manbalari hisoblanmish neft, gaz va ko‘mir 
zaxiralari XXI asrdayoq tugashi taxmin qilinmoqda. Agar XXI asrda boshqa energiya 
manbalari kashf qilinmasa, insoniyat og‘ir iqtisodiy tanglikka duch kelishi mumkin. 
IQTISODIY RIVOJLANISHNING NOTEKISLIGI
Dunyo bo‘yicha har yili yaratilayotgan iqtisodiy boylik, moddiy ne’matlarning 
85 foizi Yer yuzi aholisining 17 foizi istiqomat qilayotgan 25 ta davlat aholisi 
tomonidan iste’mol qilinmoqda. Davlatlar iqtisodiy rivojlanish darajasi o‘rtasidagi 
farq kun sayin kattalashmoqda. Bu holat jahon iqtisodiyotining globallashuvi 
natijasida yanada keskinlashmoqda. Dunyo o‘ta boy va kambag‘al davlatlardan 
tashkil topgan ikki qutbga ajralib bormoqda. Bu o‘z navbatida, kelajakda dunyo 
miqyosidagi ijtimoiy nizo, siyosiy va iqtisodiy tanglikni keltirib chiqarishi mumkin.
OZIQ-OVQAT TANQISLIGI VA OCHLIK 
Yer yuzidagi tabiiy noz-ne’matlar ko‘pi bilan bir milliard kishini boqishga yetar 
ekan. Hozirning o‘zida Yer yuzida 7 milliarddan ortiq aholi istiqomat qilayapti. 
Natijada, dunyo aholisining katta qismi och-nahor kun kechirishga majbur 
bo‘lmoqda. Yaqin 100 yillikda insoniyat yoppasiga oziq-ovqat tanqisligi va ochlik 
muammosiga duch kelishi mumkin. Yuqorida sanalgan jahon miqyosidagi iqtisodiy 
muammolarni barcha davlatlar hamjihat bo‘lib birlashib, jahon iqtisodiyotini 
oqilona boshqargan taqdirdagina hal qilish mumkin.
JAHON IQTISODIYOTINING TURLI INQIROZLARGA MOYILLIGI 
Jahon iqtisodiyoti bozor iqtisodiyoti sharoitida turli inqirozlarga duchor 
bo‘lib turadi. Bu holat bozor iqtisodiyotining bu xil illatlarning oldini olishga 
nochorligidan kelib chiqadi. Bozor iqtisodiyotining bu nuqsoni oqibatida vaqti-
vaqti bilan turli mamlakatlarda har xil inqirozlar bo‘lib turadi. Bu inqirozlar 
chuqurlashib ketib, boshqa davlatlarga ham o‘tib, dunyo miqyosiga ko‘chsa, jahon 
inqirozi ro‘y beradi. Jahon inqiroziga 2008- yilda boshlangan moliyaviy-iqtisodiy 
inqirozini misol qilib keltirish mumkin. Bu haqda keyingi mavzuda atroflicha 
to‘xtalamiz.
Bilasizmi?
Ingliz ruhoniysi Robert Maltus o‘zining jahon iqtisodiyoti taraqqiyoti 
haqidagi qora bashoratlari bilan dunyoga tanilgan. Uning fikricha, Yer yuzi 
aholisi geometrik, oziq-ovqat yetishtirish esa arifmetik progressiya tarzida o‘sadi. 
Geometrik progressiya arifmetik progressiyaga qaraganda, ancha tez o‘sganligi 
uchun, odamzod nima qilmasin baribir ochlik balosiga giriftor bo‘ladi. Bu fikrdan 
kelib chiqib, Maltus dunyo bo‘yicha o‘lim darajasining oshishiga olib keladigan 
omillarni, urushlar va epidemiyalarni insonning kelajagini ta’minlovchi ijobiy 
omillar deb baholagan.

Jahon iqtisodiyotining borgan sari rivojlanib borishi insoniyat oldida 
talaygina muammolarni ko‘ndalang qilib qo‘ymoqda.

Bu muammolarni dunyo hamjamiyati hal qilmas ekan, kelajakda insoniyat 
og‘ir iqtisodiy tanglikka duch kelishi mumkin.
• 
Bu muammolarni barcha mamlakatlar hamjihatlikda yechishlari zarur.

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin