89
89
88
YALPI ICHKI MAHSULOT
Mamlakat iqtisodiyotining natijalari turli xil ko‘rsatkichlar yordamida
o‘lchanadi.
Yalpi ichki mahsulot (YaIM)
— mamlakat hududida bir yil mobaynida
ishlab chiqarilgan, pirovard ko‘rinishdagi tovar va xizmatlarning bozor narxlaridagi
umumiy qiymatidir. YaIM hisoblanayotganda ishlab chiqarishning oraliq
bosqichida yaratilgan xomashyo, ehtiyot qismlar, urug‘lik, yonilg‘i, energiya,
materiallar, transport xizmati, ulgurji savdo xizmati, tijorat va boshqa oraliq
mahsulotlar va xizmatlar hisobga olinmaydi. YaIMga pirovard ko‘rinishdagi
19- MAVZU
ASOSIY MAKROIQTISODIY
KO‘RSATKICHLAR
1. "Paxta – milliy boyligimiz" degan jumlani izohlab berishga harakat qiling.
2. Daladan terib olib, davlatga topshirilgan paxta xomashyosi uchun fermerning
olgan daromadi, paxta eksportidan tushgan chet el valutasi, chevarlarning
tikkan ko‘ylaklari uchun oladigan haqlarini mamlakatimizning ichki mahsuloti
deb atasak bo‘ladimi? Javobingizni asoslashga harakat qiling.
3. "O‘zbekiston havo yo‘llari" milliy aviakompaniyasining xizmatlari uchun chet
ellik sayyohlar tomonidan to‘langan valutani, bozorlarda sotilayotgan tropik
meva (banan, ananas, apelsin kabi)larni, eksport uchun ishlab chiqarilgan
"Cobalt" avtomobilini-chi? Javobingizni asoslang.
4. O‘zbekiston Respublikasi kompaniyasi chet elda o‘z shoxobchasini ochgan
bo‘lsa, shoxobchaning ishlab chiqargan mahsuloti yoki ko‘rsatgan xizmati
mamlakatimiz ichki mahsuloti bo‘la oladimi?
5. Chet el kompaniyasining mamlakatimizdagi shoxobchasi ishlab chiqargan
mahsuloti yoki ko‘rsatgan xizmati-chi? Javobingizni asoslang.
Dostları ilə paylaş: