Iqtisodiy bilim asoslari 9 E. Sariqov, B. Haydarov Toshkent — 2014 «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»


TADBIRKORLIKNING IQTISODIYOTDAGI ROLI



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/153
tarix25.12.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#196411
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   153
Iqtisodiy bilim asoslari. 9-sinf (2014, E.Sariqov, B.Haydarov)

TADBIRKORLIKNING IQTISODIYOTDAGI ROLI
Tadbirkorlik bozor iqtisodiyotiga xos bo‘lgan faoliyatdir. Bozor iqtisodiyoti 
sharoitida odamlarning tadbirkorlik layoqati – tabiiy, kapital va mehnat omillari 
bilan bir qatorda ishlab chiqarishning asosiy omiliga aylanadi. Chunki, ishlab 
chiqarishning xuddi shu omili, qolgan uch omilni birlashtirish imkonini beradi. 
Tadbirkorlik jamiyat uchun kerak, chunki bu faoliyat natijasida yangi, qo‘shimcha 
ish joylari yaratiladi. Tadbirkorlik nafaqat iste’molchilar uchun, balki davlat uchun 
ham zarur va foydali faoliyatdir. Davlat tadbirkorlikka keng yo‘l ochib berishi 
bilan aholini ishga joylash, keng iste’mol tovarlari va xizmatlar bilan ta’minlash 
vazifasini, ma’lum ma’noda, o‘zidan soqit qiladi. Shu bilan birga, tadbirkorlardan 
olinadigan soliqlar hisobiga davlat xazinasi boyiydi. Shu bois, davlat tadbirkorlikni 
har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydi.
TADBIRKORLIK
1- MAVZU
Sohibqiron Amir Temurning “Ishbilarmon, mardlik va shijoat sohibi, azmi 
qat’iy, tadbirkor va hushyor bir kishi ming-minglab tadbirsiz, loqayd kishilardan 
yaxshidir” degan o‘gitini sharhlang.
Qadriyatlar
TADBIRKORLIK NIMADAN BOSHLANADI?
Tadbirkorlik biznes g‘oyadan boshlanadi. Biznes g‘oyaning qanchalik to‘g‘ri 
tanlangani — biznes muvaffaqiyatining eng asosiy va boshlang‘ich omillaridan biri 
hisoblanadi. Lekin biznes g‘oyaning o‘zi muvaffaqiyatli biznes uchun yetarli emas. 
Uning uchun aniq hisob-kitoblarga asoslangan reja tuzish kerak bo‘ladi. Biznes 
reja — biznes g‘oyani amalga oshirish maqsadida bajarish zarur bo‘lgan, o‘zaro 
muvofiqlashtirilgan xatti-harakatlar dasturidan iborat hujjat. Aytaylik, xayolingizga 
juda zo‘r biznes g‘oya kelib qoldi. Uni amalga oshirish uchun sizga mablag‘ kerak. 
Mablag‘ni bankdan yoki tanishlaringizni sherik qilib topishingiz mumkin. Ular 
mablag‘larini “quruq” so‘zga berishmaydi. Siz o‘z g‘oyangizni qog‘ozga tushirib, 
hisob-kitob qilib, haqiqatan foydali ekanligini isbotlashingiz kerak bo‘ladi. Bir so‘z 
bilan aytganda, biznes reja tuzishingiz, uning muvaffaqiyatli bo‘lishiga, avvalo, 
o‘zingiz ishonch hosil qilishingiz va sheriklaringizni ham ishontirishingiz lozim. 
Biznes reja, birinchi navbatda, tadbirkorning o‘zi uchun muhim. 
Odatda, biznes reja:
korxonaning qisqacha tavsifi;
– ishlab chiqariladigan tovar yoki xizmatning tavsifi;
– ishlab chiqarishni tashkil qilish va boshqarish tamoyillari;
– ishlab chiqarish xarajatlari, tushum, rejalashtirilgan foyda va uning taqsimoti;
– ishlab chiqariladigan tovar yoki xizmat bozorining tahlili;
– yakuniy xulosalar kabi ma’lumotlardan tashkil topadi.
1. Rasmlardagi odamlar tadbirkorlikning qanday turlari bilan shug‘ullanadilar? 
Ularning qanday umumiy va o‘ziga xos fazilatlari bor deb o‘ylaysiz?
2. Siz tadbirkor kishilardan kimlarni bilasiz? Ular qanday faoliyat bilan 
shug‘ullanadilar? Ular qanday kishilar?

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin