Iqtisodiy bilim asoslari 9 E. Sariqov, B. Haydarov Toshkent — 2014 «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/153
tarix25.12.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#196411
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   153
Iqtisodiy bilim asoslari. 9-sinf (2014, E.Sariqov, B.Haydarov)

BILIMINGIZNI SINAB KO‘RING!
Tijorat
 
— tovarni muayyan narxda sotib olib, so‘ng boshqaga o‘z foydasini 
ko‘zlab qimmatroq narxda sotishdan iborat tadbirkorlik faoliyati.
Moliyaviy tadbirkorlik
 
— pul va qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisi bilan 
bog‘liq tadbirkorlik faoliyati.
Sug‘urta
— turli xil kutilmagan holatlar natijasida yuzaga keladigan 
moliyaviy muammolardan muhofaza qilish faoliyati.
Buni yodda tuting!
• 
Tadbirkorlik faoliyati foyda olishga qaratilgan bo‘lib, u tavakkalchilikni 
taqozo qiladi.
• 
Tadbirkorlik tadbirkor, iste’molchi va davlat uchun manfaatli faoliyatdir.
• 
Tadbirkorlik turlarining barchasi ham muhim.


13
13
12
2-MAVZU
FIRMA VA UNING TURLARI
deb yuritiladi. Shuningdek, davlat va xususiy mulkka asoslangan aralash turdagi 
korxonalar ham bo‘lishi mumkin. 
Tadbirkorlik faoliyati amalga oshiriladigan korxona firma deb ataladi. Firma 
turli xil tovar va xizmatlarni foyda olish uchun ishlab chiqaradi. Firmalar
ko‘pincha, xususiy mulk asosida tashkil qilinadi. Firmalar qanday mulk asosida 
tashkil qilinishi, kim tomonidan qanday boshqarilishi, firma foydasi qanday 
taqsimlanishi va firma faoliyatining natijasiga kim va qanday javob berishiga qarab 
turli shakllarda bo‘lishi mumkin. 
XUSUSIY FIRMA
Xususiy firmaning mulkdori yakka shaxs bo‘lib, firma uning mulki va mablag‘i 
asosida tashkil qilinadi va bevosita shu mulkdor tomonidan boshqariladi. Firma 
faoliyatidan olingan foyda ham, zarar ham faqat firma egasiga taalluqli. Firma 
egasi firma faoliyatining natijasiga to‘la javobgar bo‘ladi. 
SHIRKAT
Ikki va undan ortiq kishilar mulki asosida, birgalikda faoliyat ko‘rsatish 
maqsadida tashkil qilingan firma — shirkat deb ataladi. Shirkat uning a’zolari 
manfaatlariga xizmat qiladi. Shirkatda uni ta’sis etgan a’zolarning ishlashlari 
shart bo‘lib, umumiy faoliyat natijasi — foyda ular orasida o‘zaro kelishuvga 

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin