Iqtisodiy bilim asoslari 9 E. Sariqov, B. Haydarov Toshkent — 2014 «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi»



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/153
tarix25.12.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#196411
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   153
Iqtisodiy bilim asoslari. 9-sinf (2014, E.Sariqov, B.Haydarov)

 Buni yodda tuting!
• 
Mamlakat aholisi turmush darajasining yuqori bo‘lishi iqtisodiy 
farovonlikdan dalolat beradi.
• 
Iqtisodiy farovonlik mamlakat bo‘yicha yaratilgan yalpi mahsulotning 
ko‘pligi bilan emas, balki milliy boylikni aholi manfaatlarini ko‘zlab, adolatli 
va oqilona qayta taqsimlashga bog‘liq.
1. Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning nominal va real qiymatlarining farqi nimada?
2. Iqtisodiy davr nima va uning qanday pallalari bor?
3. Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyot nega davriy ravishda tebranib 
rivojlanadi?
4. Iqtisodiy o‘sish nima va u qanday o‘lchanadi?
5. Iqtisodiy o‘sishning ekstensiv va intensiv usullarining afzallik hamda kamchilik
tomonlarini aniqlang.
6. Iqtisodiy o‘sishni aholi turmush darajasining oshishi deb ta’riflash mumkinmi? 
7. Iqtisodiy rivojlangan mamlakat deganda nimani tushunasiz?
8. Dunyodagi davlatlar iqtisodiy rivojlanganlik darajasiga ko‘ra qanday guruhlarga 
bo‘linadi?
9. Mamlakatning iqtisodiy rivojlanganligi har doim aholi turmush darajasining 
yuqori ekanligidan dalolat beradimi?
10. Aholi turmush darajasi juda past bo‘lgan davlatlarga 5 ta misol keltiring.
11. Iqtisodiy farovonlik nima va u nimaga bog‘liq?
BILIMINGIZNI SINAB KO‘RING!
Rivojlangan va qashshoq mamlakatlardagi aholi jon boshiga to‘g‘ri kelgan 
YaIM qiymati (Xalqaro Valuta fondi ma’lumotiga ko‘ra, 2013- yil)
Rivojlangan mamlakatlarda
Qashshoq mamlakatlarda
O

rin
Mamlakat
AQSH doll. O

rin
Mamlakat
AQSH 
doll.
1.
Lyuksembur
110573
177.
Efiopiya
483
2.
Qatar
104655
178.
Madagaskar
451
3.
Norvegiya
101271
179.
Markaziy Afrika Resp.
447
4.
Shveysariya
80276
180.
Liberiya
436
5.
Avstraliya 
64157
181.
Niger
408
6.
Daniya
57999
182.
Burundi
282
7.
Shvetsiya
57297
183.
Malavi
253
8.
Singapur
52918
184.
Kongo Demokr. Resp.
237
Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, eng rivojlangan va eng qashshoq mamlakatlarda 
aholi jon boshiga hisoblangan YaIMning farqi juda katta. Lekin bu, ushbu 
mamlakatlardagi odamlarning iste'mol darajasi shu darajada farq qiladi degani 
emas. Chunki, Lyuksemburg, Qatar yoki Norvegiyada yashovchi oila oziq-ovqat, 
kiyim-kechak yoki uy-joylarini sotib olishga sarf qiladigan mablag‘ bilan ushbu 
tovarlarga Burundi, Malavi yoki Kongo Demokratik Respublikasidagi oila sarf 
qiladigan mablag‘ orasidagi farq bu oilalarning boy yoki kambag‘alligigagina 
bog‘liq emas. Bu oilalarning iste’mol xarajatlari mahsulot sifati, narxi, iste’mol 
tovarlari tarkibiga va boshqa omillarga ham bog‘liqdir. Shularni e’tiborga olgan 
va o‘z tasavvur va tahlilingizga tayangan holda, bittadan o‘quvchi bittadan 
rivojlangan va qashshoq mamlakatlarni tanlang, ulardagi oilalar yashash 
sharoitini solishtirib ko‘rishga harakat qiling. Bunda quyidagilarga e’tibor berish 
lozim:
1) oziq-ovqat mahsulotlari turlari, ularning qayerdan va qanday narxda sotib 
olinishi, qanday tayyorlanishi;
2) kiyim-kechakning turlari, ularning qayerdan va qanday narxda sotib 
olinishi yoki tikilishi;
3) uy-joy, jihozlar, asbob-uskunalarning sifati va qay tariqa qurilishi, ishlab 
chiqilishi yoki sotib olinishi;
4) transport vositalaridan foydalanish darajasi va sifati;
5) ijtimoiy ta'minot darajasi va sifati.

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin