107
107
106
INFLATSIYANING KELIB CHIQISH SABABLARI
Inflatsiya quyidagi sabablarga ko‘ra kelib chiqishi mumkin:
1. Muomalada mamlakatda ishlab chiqarilayotgan tovar va xizmatlar qiymatidan
ko‘proq miqdordagi pulning mavjudligi oqibatida. Bu holda tovar va xizmatlarga
bo‘lgan yalpi talab miqdori ishlab chiqaruvchilar tomonidan
taklif etilayotgan
tovar va xizmatlar miqdoridan ko‘p bo‘ladi. Shu bois narxlar oshadi.
2. Tovarni ishlab chiqarish uchun zarur resurslar (ishchi kuchi va xomashyo)
narxlarining oshishi natijasida. Masalan, ishchi kuchi resurslarining narxi, ya’ni
ish haqi oshirilsa, bir tomondan tovarning narxi oshadi (chunki, ish haqi tovarning
tannarxiga kiradi), ikkinchi tomondan esa aholi qo‘lidagi pul massasi oshadi.
Inflatsiyani jilovlab turish juda mushkul ish. Bu
ish davlatning eng asosiy
iqtisodiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Inflatsiyani nazoratdan chiqarib yuborish,
uning o‘sib giperinflatsiyaga aylanishiga olib kelishi mumkin.
Giperinflatsiya
deb,
narx-navoning haddan tashqari oshishiga aytiladi. Giperinflatsiya paytida narxlar
yiliga 50 baravardan ham ko‘proq ko‘tarilishi kuzatiladi.
1. Mamlakatimizda bir oyda pul necha marta aylanadi deb o‘ylaysiz?
2. Pul muomalasi qonunini Fisher tenglamasi asosida sharhlang.
3. Mamlakatda qancha miqdordagi pul muomalada bo‘lishi kerak?
4. Mamlakatda muomalada bo‘lgan pul miqdoriga qanday omillar ta’sir qiladi?
5. Inflatsiyaning tub mohiyati nimadan iborat?
6. Deflatsiya pulning qadriga qanday ta’sir ko‘rsatadi?
7. Inflatsiyaga olib keluvchi sabablar nimalardan iborat? Misollarda tushuntiring.
Dostları ilə paylaş: