117
117
116
tabiiy ishsizlik darajasi deb yuritiladi.
Bir hisobda, mamlakatda tabiiy ishsizlikning
bo‘lgani ma’qul. Chunki bunday ishsizlarning bo‘lishi, ish bilan band aholini
yaxshiroq ishlashga undaydi. O‘z
navbatida, ishsizlarni ham bekor yurmasdan,
malakalarini oshirib, tezroq ish topishga majbur qiladi. Lekin mamlakatda davriy
ishsizlikning paydo bo‘lishi iqtisodiyotga katta salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Mustaqillik
yillarining boshida mamlakatimizda vujudga kelgan vaziyat bunga misol bo‘la oladi.
Sobiq ittifoqdan qolgan qoloq agrar iqtisodiyot, oldingi iqtisodiy aloqalarning
uzilib qolishi, ishlab chiqarish hajmining
keskin kamayib ketishi, respublikamiz
iqtisodiyotining yangi bozor iqtisodiyotiga o‘tishi bilan bog‘liq chuqur iqtisodiy
va ijtimoiy o‘zgarishlar mamlakatimizda davriy ishsizlikni keltirib chiqardi.
Davriy ishsizlik paytida ko‘plab zavod va fabrikalar to‘xtaydi.
Minglab odamlar
qishloqdan shaharga, bir shahardan ikkinñhi shaharga ish qidirib boradilar. Narx-
navoning oshishi, yashash sharoitlarining og‘irlashgani tufayli oldinlari ishlamasdan
yurgan
uy bekalari, nafaqaxo‘rlar va talabalar ham ish qidirib qoladilar. Natijada,
ishchi kuchi bozoridagi muvozanat butun mamlakat miqyosida buziladi. Shu bois,
bunday ishsizlikning
oldini olish va umuman, ishsizlikni jilovlab turish davlatning
eng muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Mamlakatdagi tabiiy ishsizlik darajasining
4—5 foiz bo‘lishi me’yoriy holat hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: