Buni yodda tuting! Friksion ishsizlik — odamlarning bir ishdan bo‘shab, ikkinchi ishga
joylashishi oralig‘ida yuzaga keladigan ishsizlik.
Mavsumiy ishsizlik — mavsumiy ishlarning tugashi natijasida kelib chiquvchi
ishsizlik.
Tarkibiy ishsizlik — mamlakat iqtisodiyotidagi tarkibiy o‘zgarishlar
natijasida kelib chiqadigan ishsizlik.
Davriy ishsizlik — mamlakat iqtisodiyotining davriy o‘zgarishi bilan bog‘liq
barcha sohalarni qamrab oladigan ishsizlik.
KASABA
UYUSHMALARI
YOLLANMA
ISHCHILARNING
DA’VOLARI
Korxonada ishlab chi-
qarish sharoitlarini yax-
shilash, mehnat xavf-
sizligini ta’minlash, oylik
maoshlar miqdorini
oshirish, kunlik ish vaq-
tini qisqartirish kerak.
Ishchilarni ishdan bo‘-
shatmaslik lozim.
ISH
BERUVCHILARNING
DA’VOLARI
Korxona tovarlari bozorda
yaxshi sotilmay qoldi. Tovar
ishlab chiqarish borgan sari
qimmatlashib boryapti. Ish
haqi oshirilsa, tovar ishlab
chiqarish yanada qimmat-
lashadi. Shunga ko‘ra, kam
ishchi kuchi talab qiladigan
yangi texnologiya sotib olib,
ishchilarning bir qismini
ishdan bo‘shatish lozim.
DAVLAT
25- MAVZU IJTIMOIY HIMOYA VOSITALARI Yuqoridagi chizmada ish beruvchi korxona-firmalar bilan ularda yollanib
ishlayotgan ishchilar o‘rtasidagi nizo tasvirlangan.
1. Siz ish beruvchi sifatida qanday qilib bu nizoning oldini olgan bo‘lar edingiz?
2. Siz ishga yollanuvchi sifatida o‘z manfaatlaringizni qanday himoya qilgan bo‘lar
edingiz?
3. Siz davlat vakili sifatida bu nizoni qanday hal qilgan bo‘lar edingiz?
4. Kasaba uyushmalari haqida nimalarni bilasiz? Bu vaziyatda ular qanday yordam
berishi mumkin?
FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR